SOHIBQIRON AMIR TEMUR Mashhur davlat arbobi, O'rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, ilm-fan va madaniyat rahnamosi Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta'lim mislsiz darajada yuksaldi. Siyosiy maydonga qadam qo'yganida Amir Temur endigina 24 yoshga kirgandi. Mamlakat parokanda, mahalliy siyosiy kuchlar o'rtasidagi o'zaro qarama-qarshiliklar avj olgandi. Ustiga ustak, Chingizxon avlodlari Movarounnahrga tez-tez bosqin uyushtirib turardi. Taxminan bir asr davom etgan bu davrda Movarounnahrning istibdod alamini tortgan oddiy fuqarolaridan to yirik siyosiy arboblariyu din peshvolarigacha juda ham og'ir kun kechirdilar. Jamiyatga ozodlikka va taraqqiyotga bo'lgan intilishlarni o'zida mujassam etgan xaloskor, dohiy zarur edi. Taqdir taqozosi bilan Amir Temur ana shunday xaloskor va yo'lboshchi sifatida tarix sahnasida paydo bo'ldi. 1370 yilda Amir Temur Balxda bo'lib o'tgan qurultoyda Movarounnahrning ulug' amiri deb e'lon qilindi. Tarqoqlikni bartaraf etib, ayrim o'lkalarni yagona davlatga birlashtirish Amir Temurning asosiy maqsadi edi. U davlatning poytaxti qilib So'g'diyonaning qadimiy poytaxti bo'lgan Afrosiyob xarobalari yonidagi Samarqandni belgiladi va yangi shaharga asos soldi. Amudaryo bilan Sirdaryo oralig'i, shuningdek, Farg'ona va Shosh viloyatlarini birlashtirib o'ziga bo'ysundirgandan keyin Amir Temur boshqa mamlakatlarga harbiy yurishlarga kirishdi. Amir Temur saltanati O'rta Osiyoda 35 yil (1370-1405) hukm surdi. U Markaziy Osiyo hududlarini yagona markazlashgan davlatga birlashtirdi, Hind va Gangadan to Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan-Shandan to Bosforgacha ulkan imperiya barpo etdi. Amir Temur harbiy yurishlarining bilvosita oqibatlari ulkan ahamiyatga ega: u Xitoyda Min sulolasi davlat boshiga kelganda mo'g'ullarning Xitoyga solayotgan xavfining oldini oldi; Oltin O'rdani yengib Moskva Rusi uchun ham xuddi shunday yordam ko'rsatdi. 1402 yilda usmonlilar sultoni Boyazid ustidan Yevropauchun katta ahamiyatga ega ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.48 KB
Ko'rishlar soni
319 marta
Ko'chirishlar soni
56 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.48 KB
Ko'rishlar soni
319 marta
Ko'chirishlar soni
56 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:55 ]
Arxiv ichida: docx