Amir Temur davlatida ichki hayot. «Temur tuzuklari» va uning ahamiyati. Ma'ruzachi bu masalani yoritishda birinchi navbatda A.Temurning adolatli davlat tuzishga, bunday davlatning asosiy tamoyillarini ishlab chiqishga muhim e'tibor qaratganligini qo'yidagi tarixiy dalillar asosida tushuntirib berishga harakat qilmog'i lozim. Amir Temur mamlakatda qatiqqo'l hokimiyat o'rnatish zarurligini yaxshi tushunardi. Negaki, ko'chmanchi mug'ul-turk qabilalaridan jaloir, barlos, sulduz va boshqalarning o'zboshimcha boshliqlarini itoatda saqlab turish oson emas edi. Shu maqsadda mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etishga kirishadi. U o'ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida barlos qabilasidan maxsus harbiy qism tashkil etib, ularga katta imtiyozlar beradi. Amir Temur o'z davlati hokimiyatini mustahkamlashda islom diniga tayandi. Islom namoyandalari uni qo'llab-quvvatladi. Mamlakat aholisining ko'pchiligini tashkil etgan dehqonlar va shahar aholisi - tijoratchilar, hunarmandlar sohibqironning davlatni mustahkamlashga qaratilgan tadbir-larini ma'qulladilar. A.Temur o'z davlati asoslarini adolat bilan mustahkamladi va «Kuch adolatdadir» (Rosti-rusti) shioriga amal qildi. Mamlakat aholisini 12 tabaqaga bo'lib, ularning har biriga nisba-tan o'ziga xos siyosat yurg'izib, o'zining ulkan tashkilotchiligi qobiliyatini namoyon etdi. Amir Temur davlat hududining tumanlarga bo'linishi va o'z o'g'illariga ulus sifatida taqsimlab berilishini amalga oshirgan bo'lsa ham, Movarounnahrni parchalamay o'z qo'lida mahkam saqladi. Davlatga maxsus xizmat qilganlarga «SUYURFOL»lar sifatida yer-suv va mol-mulk berdi, hamda alohida xizmatlar uchun «Tarxon» yorliqlarini joriy etdi. Tarxon yorlig'ini olganlar turli soliqlardan ozod etildi. Amir Temur o'zi tuzgan davlatda oliy hukmron bo'lsa ham, o'zini hech qachon podshoh yoki sulton deb atamay, umrbod amir unvonini saqlab qoldi. U an'anaga rioya qilgan holda yonida soxta xonlarni saqladi. Amir Temur davlat ishlarini yurgizishda 4 narsaga doim amal qildi. Bular: 1. Kengash. 2. Mashvaratu ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.39 KB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.39 KB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:55 ]
Arxiv ichida: docx