Amir Temur hayoti va ijodi

Amir Temur hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Tarix
Amir Temur hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz .(Amir Temur) Amir Temurning obodonchilik ishlari to'g'risida taniqli sharqshunos olim, akademik V.V.Bartold: Temur go'yo Samarqanddan boshqa hamma yerda vayrongarchilik bilan shug'ullangan, degan fikr mubolag'ali: u Kobul vodiysi va Mug'an cho'li kabi Samarqanddan uzoq bo'lgan joylarda ulkan sug'orish ishlari olib bordi, - degan tarixiy jihatdan g'oyat qimmatli fikrni aytib o'tgan. Bu fikrga muqoyasa qilib, Ali Yazdiyning yozishmasini keltirish maqsadga muvofiqdir. Bir yil mobaynida, - deb yozadi o'rta asr tarixchisi Ali Yazdiy, - Bag'dod shahrini tiklash haqida buyruq berildi, toki shahar yana o'z qiyofasini olsin, unda hunarmandchilik rivojlansin, tevarak-atrofida dehqonchilik o'ssin, savdo-sotiq va madaniy hayot keng tarmoq yoysin, islom bilimi ilgarigiday yoyilsin. Bu vazifa amirzoda Abu Bakirga topshirildi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Movarounnahrda mo'g'ullarning qariyb 140 yillik hukmronlik davrida bironta ham ko'zga ko'rinarli qurilish yoki suv inshootlari vujudga kelmagan. Amir Temurning tashabbusi bilan 1365 yilda Qarshi, 1370 yilda Samarqand, 1380 yilda esa Keshning atrofi qaytadan mudofaa devorlari bilan o'ralgan. Shuningdek, xalq farovonligiyu, mamlakat obodonchiligi yo'lida suv omborlari, to'g'onlar qurishga, ariqlar qazishga, yangi yerlarni o'zlashtirishga alohida e'tibor berilgan. Mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko'tarishda savdoning ahamiyati beqiyos ekanligini tushungan hukmdor bozorlar, rastalar va timlar, turli-tuman ustaxonalar barpo etib, xalq hunarmandchilik san'atini taraqqiy ettirgan. Amir Temur ilm-fan, ma'naviyat ahliga e'tibor, mehribonlik ko'rsatib, ulardan jamiyat madaniy hayotida foydalanishga intilar ekan, tarixchi Ibn Arabshoh yozganidek, Temur olimlarga mehribon, sayyidu shariflarni o'ziga yaqin tutar edi. Ulamo va fuzaloga to'la izzat-hurmat ko'rsatib, ularni har qanday odamdan tamom muqaddam ko'rardi. Ularning har birini o'z martabasiga qo'yib, izzatu ikromini unga izhor qilardi. Amir Temur saroyida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.48 KB
Ko'rishlar soni 414 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.48 KB
Ko'rishlar soni 414 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga