Amir Temur tomonidan markazlashgan davlat tashkil etilishi. Amir Temurning siyosat maydoniga chiqishi va uning mar-kazlashgan davlatni vujudga keltirish uchun kurashi to'g'risida so'zlashdan avval, XIV asrnnig 40-60 yillarida Movarounnahrda tarixiy vaziyat qanday edi, degan savolga javob berishi, ana shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvolga qisqacha to'xtalib o'tishi uchun qo'yidagilarga e'tibor qaratishi maqsadga muvofiqdir. Bu xususda akademik I.Mo'minov: Bu davrda Movarounnahrda chet el qaramligidan, mo'g'ul xonligidan ajralib mustaqil, kuchli hokimiyat tuzishdan manfaatdor bo'lgan aslzodalar orasidan ayrim guruhlar yetishib chiqa boshladi,-deb yozgan edi. Chig'atoy ulusi hokimi Kebekxonning 1318-1326 yillardagi ma'muriy va pul islohoti o'tkazishdan va boshqa ishlardan ham maqsadi shunday bo'lsa kerak. Chingiziylardan chiqqan xon Qozonxon ham xuddi shunday Kebekxonga o'xshab boshqacha siyosat yurgizishga harakat qildi. Bular masalaning bir tomoni. Masalaning ikkinchi, eng muhim tomoni shundaki, keng xalq ommasi ko'p mashaqqatlar bilan uzoq vaqt ichida irrigatsiya tarmoqlarini ariq, zovur, suv omborlari, to'g'onlarni tikladi, dehqonchilik, hunarmandchilikni yo'lga qo'ydi, ayni vaqtda o'zaro urushlarga, mayda feodal hokimlarniig o'zboshimchaligiga, mo'g'ul xon va Oltin O'rdaning turli noiblari bosqinchiligiga qarshi kurash olib bordi, - deb yozgan edilar. Mo'g'ullar hukmronligi davrida xalq ommasi yanada ko'proq azob chekdi, xo'rlandi, talandi. Chig'atoy xonlari bilan mahalliy aholi, zodagonlar o'rtasida ziddiyat tobora keskinlashib bordi. Ana shu kurashlar natijasida XIV asrling 40 yillarida Chig'atoy ulusi ikki qismga - Sharqiy Turkiston va Yettisuvni o'z ichiga olgan Mo'g'uliston va Movarounnahrga bo'linib ketdi. Bo'lingan davlatlar o'rtasida o'earo kurash avjiga chiqib, Mo'g'uliston xonlari Movarounnahrga tez-tez hujum qilib turdilar. Mamlakatning iqtisodiy ahvoli ham tobora murakkablashib borayotgan edi. Bundan tashqari Movarounnahr bir necha feodal davlatlarga bo'linib, Kesh-Shahrisabz, Buxoro, Termez, Badaxshon, Xo'jand, Shosh-Toshkent va ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.72 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.72 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:55 ]
Arxiv ichida: docx