Amir Temur va temuriylar davlati tarixiy geografiyasi Chig'atoy ulusi davrida Movarounnahrdagi o'zaro nizolar va tarqoqlikni tugatish maqsadida Amir Temur kurash boshlaydi. 1365 yilda Movarounnahr hukmdori deb tayinlangan Ilyosxoja qo'shinlari bilan Temur va Husaynning ittifoqchi qo'shinlari o'rtasida Chirchiq daryosi bo'ylarida bo'lib o'tgan jangda Ilyosxoja qo'shinlarining qo'li baland keladi va u Xo'jand, Jizzax shaharlarini egallab, Samarqandga yurish qiladi. Samarqandda bu paytda sarbadorlar harakati maydonga chiqib, mo'g'ullarning qo'shiniga qarshi qAQSHatqich zarba beradi. Ilyosxoja avval Samarqandni, so'ngra esa butun Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur bo'ladi. Bundan xabar topgan Amir Temur va Amir Husayn Samarqandga keladilar. Ammo ko'p vaqt o'tmay Amir Temur va Amir Husayn o'rtasidagi munosabat keskinlashib, nizoga aylanadi. Amir Temurning nufuzi ortib borayotganidan xavfsiragan Amir Husayn Balxga qaytib, uning qala devorlari va istehkomlarini mustahkamlashga kirishadi. 1370 yilda Amir Temur Balxga yurish qilib, Amir Husaynni taslim qiladi. 1370 yilning 10 aprelida Amir Temur Movarounnahr hukmdori deb elon qilinadi. Amir Temur Movarounnahrning yagona hukmdori bo'lib olgach, o'z davlatini siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga kirishadi. Avvalo 1370 yilning may oyida Samarqandga qaytib shaharni tiklaydi. Maxsus qo'shin tuzib, davlat chegaralarini kengaytirishga kirishadi. Avval u Amudaryo va Sirdaryo oralig'idagi erlarni birlashtirib, o'ziga bo'ysundiradi. Mo'g'ullar davrida Xorazm ikki qismga ajralib, markazi Urganch shahri bo'lgan shimoliy Xorazm Oltin O'rdaga, markazi Kat bo'lgan janubiy Xorazm esa Chig'atoy ulusiga bo'ysungan. 1371 yilda Amir Temur Xorazmga yurish qilib, uni egallaydi. Shunday qilib, Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda feodal tarqoqlik hamda o'zaro nizolarga barham berib, Sirdaryo vohasidan to Orol dengizigacha bo'lgan erlarda yashovchi xalqlarni yagona davlat tasarrufida birlashtiradi. Keyinroq Shibirg'on viloyati, Balx va Toshkent ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.81 KB
Ko'rishlar soni
420 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.81 KB
Ko'rishlar soni
420 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:55 ]
Arxiv ichida: docx