Amir Temur va Temuriylar davlati to'g'risida jahon tarixshunosligi. Jahon adabiyotida Amir Temur obraziga murojaat Sohibqironning tirikligidayoq boshlangan. Ayniqsa Ovrupa Uyg'onish davri ijodkorlari uning shaxsiga katta qizikish bilan qaraganlar. Uyg'onish davri gumanistlari jismoniy va ma'naviy yetuk komil inson idealiga intilganlar. Ular faqat ulkan qudratga ega bo'lgan shaxslargina adolatsizlik, jaholat va beboshliklarga barham bera oladi, yer uyzidan istibdod va zo'ravonlikni supurib tashlaydi, deb ishonganlar. Amir Temur shaxsi ularning ana shu ideallariga muvofiq kelgan. XVII-XIX asrlarda jahon tarixnavisligida Amir Temur shaxsi va faoliyati o'rganishga qayta-qayta murojaat qilingan. H.Vamberi, L.Lengle, Perrodino, De Sensio, P.Dela Krua, De Marga, F.Nev, J.Kamuy, Ye.Gallios va boshqa evropalik tarixchilar Amir Temurning harbiy san'ati, davlat tizimi va qonunlari hamda iqtisodiy islohotlarini tarixshunoslikda yoritganlar. Sovet tarixshunosligi haqida ham to'xtalib o'tish joizki, bu sohada Amir Temur dahosining yoritilishi ikki davrga bo'linadi: qirqinchi yillarga va undan keyingi yillardagi davrlarga. Kirkinchi yillargacha sovet tarixchilarining barcha asarlarida Amir Temur shaxsi, uning tarixdagi tutgan ancha qarama-qarshi fikrlar bilan ifodalangan bo'lsada, xolisona yondoshish hollari ham bor edi: V.Bartol'd, A.Yakubovskiy, A.Belenetskiy, A.Fitra va M.Massonlar Sohibqironning bunyodkorlik faoliyatining keng yoritdilar. Qirqinchi yillardan so'ng sovet tarixshunosligida Amir Temur shaxsiyatiga bo'lgan munosabat keskin salbiy tomonga o'zgardi. Albatta, bu borada Stalinning shaxsiy ko'rsatmasi bilan SSR tarixi darsligidan «Temur davlati» bobining chiqartirib yuborilishi temurshunoslikda siyosiy bir ko'rsatma sifatida qabul qilindi va tarixiy haqiqatni soxtalashtirishga olib keldi. 2006 yilda, parijda Temuriylar davri tarixi va san'atini o'rganish bo'yicha assotsiatsiyaning asoschisi va prezidenti, professor Luys'en Keren qalamiga mansub «Samarqanddga, Temur davriga sayohat» kitob al'bomining uchinchi nashri bosmadan chiqdi. Bu kitob UYNYeSKOning «Ipak yo'li-muloqot yo'li» dasturiga muvofiq ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.58 KB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.58 KB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:55 ]
Arxiv ichida: docx