Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati

Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati

O'quvchilarga / Tarix
Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati - rasmi

Material tavsifi

Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati Moddiiy madaniyat. Amir Temur va uning avlodlari hukm surgan tarixiy davrni nazardan o'tkazar ekanmiz, bunda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yuksak marralari sari ko'tarilgan Movarounnahr va Xurosonning butun yorqin manzarasi ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Markaziy Osiyo xalqlari sivilizatsiyasi va madaniyati ravnaqining yuqori cho'qqisi hisoblangan Temuriylar davri nafaqat shu mintaqa doirasida, balki umumjahon miqyosida ham o'ziga xos yuksak bosqich bo'ldi. Uning qudratli aks-sadosi asrlar osha avlodlar qalbi va tafakkurini hamon nurlantirib kelmoqda. Ona tariximizning mana shu muhim bosqichida halq dahosi, qudrati bilan betimsol moddiy va ma'naviy madaniyat namunalari, mislsiz osori atiqalaru monumental me'moriy obidalar bunyod etildi. llm-fan yuksaldi. Bunday yuksalish Amir Temur va uning avlod-larining ilm-fan, ma'rifat ravnaqiga alohida rag'bat, katta sa'y-harakat bog'laganliklari natijasi bo'ldi. Xususan, Amir Temur siymosiga to'xtaladigan bo'lsak, uning o'zi yuksak ma'rifatparvar hukmdor sifatida xalq ichidan chiqqan qanchadan-qancha noyob iste'dodlar, ilmu urfon va din ahllari, me'moru hunarmandlarni parvarishlab o'stirish barobarida mam-lakat obodonligi, ravnaqi uchun ham doimiy harakatda, izlanishda bo'ldi. Uning davrida Samarqand va yurtning boshqa hududlarida qad rostlagan serhasham saroylar, bog'-rog'lar, masjid-u madra-salar, rabot-u karvonsaroylar, ko'priklar, suv havzalari va boshqa inshootlar Sohibqiron salohiyati va faoliyatining nechog'lik ko'p qirraliligiga dalolatdir. Xurosonning obod o'Ika sifatida gullab-yashnashi ham Temuriylar davriga to'g'ri keladi. Shohruh Mirzo va uning vorislari tomonidan barpo etilgan 150 dan ziyod mashhur obidalar, jumladan, «Bog'i Zog'on», «Bog'i jahon» qal'a maskanlari, «Gavharshodbegim» madrasasi, Boysunqur «Nigoristoni» (Badiiy akademiyasi), yoxud Husayn Boyqaro davrida (1469-1506) uning do'sti, she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy rahnamoligida Hirot va uning atrofida qurilgan 300 dan ziyod noyob bino va inshootlar: masjid, madrasa, maqbara, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.96 KB
Ko'rishlar soni 276 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.96 KB
Ko'rishlar soni 276 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga