Amir Temur va temuriylar davri ma'naviyati

Amir Temur va temuriylar davri ma'naviyati

O'quvchilarga / Tarix
Amir Temur va temuriylar davri ma'naviyati - rasmi

Material tavsifi

Amir temur va temuriylar davri ma'naviyati REJA: 1. Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak ma'naviyat sohibi. 2. Temuriylar sulolasi davrida ma'naviyat va ma'rifat rivoji. 3. Amir Temur va temuriylar sulolasi davrida yaratilgan ma'naviy merosning o'zbek xalqining ma'naviy tiklanishida tutgan o'rni. Davrga ta'sir etgan omillar yurtimiz tarixidagi zarhal harflar bilan bitilgan ulkan xazinadir. Mamlakatimizning dunyoga mashhur bo'lishida, insonlar tarbiyasida bu davr o'z rolini bajarmoqda va mustaqilligimizni mustahkamlashda, xalqimizning milliy g'ururini shakllantirishda xizmat qilmoqda. Har bir davrning moddiy va ma'naviy taraqqiyotga ta'sir etuvchi o'z omillari bo'ladi. Temuriylar davri ma'naviyatining yuksalishiga ta'sir etgan omillar- IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda ro'y bergan o'zgarishlar, buyuk Uyg'onish davri (Sharq Renessansi) kashfiyotlari, i1m-fan sohasidagi katta o'zgarishlar, buyuk allomalar Ibn Sino, Forobiy, Farg'oniy, Beruniy, Buxoriy, Bahouddin NAQSHband va boshqalarning asarlari, keyingi asrlardagi voqealardir . Mutaxassis olimlarning fikrlariga qaraganda, mashhur shayx Bahouddin NAQSHband tariqati Amir Temur davri mafkurasi asosini tashkil etgan va u yuksak e'tibor topganligi tasodifiy emas eqi. «Diling Allohda, qo'ling - mehnatda bo'lsin»,- degan buyuk hikmat Amir Temur dunyoqarashiga mos edi. Uzoq cho'zilgan vayronagarchilik, mislsiz urushlar bu o'lkada yagona va qudratli davlat barpo etilishini hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o'rnatilishini tarixiy zaruratga aylantirgan edi. Avvalo, shuni aytish joizki, Chig'atoy avlodidan bo'lgan Tarmashirinxon (1326-1334) o'ldirilgandan keyin Movarounnahrda beqarorlik kuchaydi. Lekin chig'atoiylarning birontasining ham kuchayib borayotgan feodal tarqoqlikka barham berishga kuchi yetmadi. Chig'atoy ulusi 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo'linib ketdi. Masalan, Kesh viloyatida Hoji Barlos o'zini hokim deb e'lon qildi. Xo'jand va unga qarashli yerlarda amir Boyazid Jaloir mustaqillik e'lon qildi. Bir-birlari bilan talonchilik urushlari boshlanib ketdi. Mo'g'uliston xoni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.29 KB
Ko'rishlar soni 348 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.29 KB
Ko'rishlar soni 348 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga