Amir Temur va Temuriylar davri yozma manbalarida

Amir Temur va Temuriylar davri yozma manbalarida

O'quvchilarga / Tarix
Amir Temur va Temuriylar davri yozma manbalarida - rasmi

Material tavsifi

Amir Temur va temuriylar davri yozma manbalarida Reja: Kirish 2. Amir Temur va temuriylar davri yozma manbalarida Nasaf va kesh taraqqiyoti. XII asrda Naxshab (yoki Nasaf) o'rtacha kattalikdagi shahar, vohadagi ikkinchi mashhur joy - Kesh esa, unga nisbatan kichik shaharcha bo'lgan. Zero, o'sha davrda yashagan marvlik olim va sayyoh Abu Sa'd Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam'oniy (113-1167 yillar) «Kitob al-ansob» asarida Nasaf shahri Keshga qaraganda kattaroqligini, unda 3 mahalla, 4 ko'cha, 2 masjid, 1 rabot, 1 minora bo'lganligini yozadi (1, s. 100-109). XII asrda mo'g'ullar Movarounnahrga bostirib kirib, o'lkadagi yirik shaharlar qatori Naxshab (Nasaf) shahrini ham xarob qildilar va u yirik shahar maqomida qayta tiklanmadi (hozirgi vaqtda, uning o'rni Shulluktepa deb ataladi). Mo'g'ullar hukmronligi davrida Movarounnahr Chig'atoy ulusi tarkibiga kiritildi va XII asrning ikkinchi yarmidan boshlab, uning ulusdagi siyosiy mavqei kuchayib bordi. XIV asr birinchi-choragida esa, Chig'atoy ulusining xoni Kepekxon (1318-1325) Movarounnahrda, aniqrog'i qadimiy Naxshabdan taxminan janubi-sharqda o'ziga yangi qarorgoh yaratdi va uning etimologiyasi haqida tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy shunday yozadi: «Bu joyning Qarshi, deb shuhrat topganligining sababi, Kepekxon (o'z davrida) Nasaf va Naxshabdan ikki farsax masofada bir qo'rg'on bino etgan edi; mo'g'ullar qo'rg'onni «qarshi» deydilar» (2, 114a varaq). O'sha davrning yana bir mashhur tarixchisi Hofizi Abru «Geografiya» asarida: «Turkiy tilda podshohning qasrini «qarshi» deydilar. Podshoh (Kepek) u yerda bir ko'shk qurdi va u ushbu nom bilan mashhur bo'lib qoldi»,-deydi (3, 170 b varaq). Rus sharqshunosi V.V.Bartold esa, o'zining «Qarshi» nomli maqolasida, bu toponim aslida uyg'urcha so'z ekanligi va keyinchalik mo'g'ul tiliga o'tganligini aytgan (4,t.SH,s.503). Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar umumlashtirilsa, «Qarshi» turkiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.94 KB
Ko'rishlar soni 295 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.94 KB
Ko'rishlar soni 295 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga