Amir Temur va Temuriylar davrida davlat siyosati

Amir Temur va Temuriylar davrida davlat siyosati

O'quvchilarga / Tarix
Amir Temur va Temuriylar davrida davlat siyosati - rasmi

Material tavsifi

Davlat boshqaruvi, qonunchilik va harbiy siyosat Amir Temur va temuriylar zamoni davlatchilik siyosati, boshqaruv tizimini ko'rib chiqmoqchi ekanmiz, davlat, davlatchilik mohiyatida muayyan bir makon va jamiyatda mavjud turli imkoniyatlarni shu yerlik xalq manfaati yo'lida yo'zaga chiqaruvchi tashkilotchilik yotganini eslatib o'tish g'oyatda muhimdir. Zero, davlat asoslari, davlatchilik har bir jamiyat va xalq «boshiga bir marta bitilgan bo'ladi». Shu ma'noda o'zbek davlatchiligi miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi yarmidan o'z tarixini boshlab to Amir Temur davlatimiz tepasiga kelgunga qadar deyarli 2100 yillik taraqqiyot yo'lini bosib o'tgandi. Bu ulkan davr ichida davlatimiz boshqaruviga turli sulolalar (bugungi tilda aytganda siyosiy partiyalar) kelib ketdi. Ularning faoliyati turli zamonlarda, turli obyektiv-subyektiv shart-sharoitlarda turlicha kechdi. Biz mazkur masalaga urg'u berayotganimizning bir necha sababi bor. Birinchidan, biz Amir Temur davlati, Temuriylar davlati kabi keng tarqalgan tushunchalarga qarshimiz. Zero, davlatchilik asoslari yagona bo'ladi. Demak, Amir Temur davlati emas, o'zbek davlatchiligining Amir Temur boshqargan bosqichi deyilsa har taraflama haqiqatga mos tushadi. Ikkinchidan, Amir Temur davlati tushunchasi davlatchiligimizning ham ungacha bo'lgan, ham undan keyingi taraqqiyot yo'lini uzib qo'yadi (bu fikr boshqa sulolaviy davlatlarga ham tegishli, albatta). Bu o'z o'rnida, bir tomondan, tarixni soxtalashtirsa, ikkinchi tomondan, davlatchiligimiz tarixidagi bosqichiy jarayonlar, masalan, yana o'sha Amir Temur davri mohiyatini anglashni qiyinlashtiradi. Zero, hatto sof ilmiy nuqtai nazardan olganda ham mushohada jarayonda ko'zatilgandagina to'liqlanadi, xulosa uchun imkon yaraladi. Uchinchidan, biz o'zbek davlatchiligi mohiyati va imkoniyatlari haqida qanchalik so'zlamaylik, agar uning amaliy ifodasining guvohi (bugungi kun nuqtai nazaridan esa quruvchisi) bo'lmas ekanmiz, gap-gapligicha qolaveradi. Shu ma'noda Amir Temur davri davlatchiligimizning mohiyati va imkoniyatlari ko'lamini amalda yuzaga chiqarib berganligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.14 KB
Ko'rishlar soni 165 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.14 KB
Ko'rishlar soni 165 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga