Amir Temur va Temuriylar davrida O'zbek davlatchiligi

Amir Temur va Temuriylar davrida O'zbek davlatchiligi

O'quvchilarga / Tarix
Amir Temur va Temuriylar davrida O'zbek davlatchiligi - rasmi

Material tavsifi

Amir Temur va Temuriylar davrida o'zbek davlatchiligi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot. Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish uchun kurashi va harbiy yurishlari Buyuk davlat arbobi va mahoratli sarkarda Amir Temur 1336-yil 8-aprelda (hijriy 736, sha'bon oyining 25 kunida) Keshga qarashli Xo'ja Ilg'or (hozirgi Yakkabog' rayoni) qishlog'ida barlos beklaridan biri Amir Tarag'ay ibn Barqal oilasida dunyoga keldi. Onasi Takinaxotun Keshning obro'li bekalaridan biri bo'lgan. Temurning bolaligi va o'spirinlik yillari Keshda o'tdi. Ibn Arabshoh, Rui Gonzales de Klavixo va boshqa tarixshunoslar 1360 yilga qadar uning hayotini ayrim ma'lumotlar bilan izohlashadi. 1360-1361 yillarda Mo'g'uliston hukmdori hoqon Tug'luq Temur Movarounnahrning ichki hayotiga rahna sola boshlaydi. Uning bosqinchilik tadbirlari O'rta Osiyolik mustaqil hukmdorlarga ma'lum bo'lganidan keyin ular sarosimaga tushib qolganlar. Shular qatoriga Kesh amiri Hoji Barlosni ham kiritish mumkin. Tug'luq Temur Xo'jandni ishg'ol etish niyatida Sirdaryodan o'tganidan so'ng Movarounnahr amirlari va Hoji Barlos qo'rquvdan o'z jonlarini xalos etish uchun Amudaryodan o'tib Xurosonga ketib qoldilar. 1360-1370-yillarda Movarounnahr siyosiy hayotida Amir Temur bilan bir qatorda ta'sir o'tkazgan shaxslardan yana biri Amir Qozog'onning nabirasi amir Husayn edi. Balx va uning atrofidagi yer-mulklar uning tasarrufida edi. 1361-yilda Amir Temur amir Husaynga yaqinlashgan edi. Endi ikkala hukmdor birlashib, mo'g'ul xonlariga qarshilik ko'rsatish imkoniga ega bo'ldilar. Ma'lumki, Amir Temur mo'g'ul hokimiga qaram edi. Vaqti kelib, Movarounnahrni boshqarishni Tug'luq Temur o'z o'g'li Ilyosxo'jaga topshirdi. Mustaqil bo'lishga harakat qilib yurgan Amir Temur yangi hukmdorga itoat etmadi. Buning oqibatida yangi ziddiyat yuzaga chiqdi. Amir Xusayn bilan Sohibqiron Temurning bir-birlari bilan juda yaqinlashgan va yaxshi munosabatda bo'lgan davrlar 1361-1365-yillarni o'z ichiga oladi. Amir Temurning hayotida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.51 KB
Ko'rishlar soni 213 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.51 KB
Ko'rishlar soni 213 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga