Amir Temur va Temuriylar davrida O'zbek davlatchiligining yuksalishi

Amir Temur va Temuriylar davrida O'zbek davlatchiligining yuksalishi

O'quvchilarga / Tarix
Amir Temur va Temuriylar davrida O'zbek davlatchiligining yuksalishi - rasmi

Material tavsifi

Amir Temur va temuriylar davrida o'zbek davlatchiligining yuksalishi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot. REJA: 1.Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishi. Uning boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy asoslari. Temuriylar davrida madaniy hayot. Ulug'bek akademiyasi. Temuriylar hokimiyatining inqirozga yuz tutishi va uning sabablari. Tayanch so'z va iboralar: Markazlashgan davlat, Amir Temur, Amir Xusayn, «Loy jangi», Ilyosxo'ja, sarbadorlar, Temur davlati, harbiy yurishlar, suyurg'ol, soliqlar, davlat boshqaruvi, harbiy boshqaruv, «Temur tuzuklari», Shohrux Mirzo, Ulug'bek, ilm-fan, madaniyat, Husayn Boykaro, Alisher Navoiy, adabiy muhit, inqiroz. 1. XIV asr o'rtalarida Chingizxon tasarrufidagi yerlar uning vorislari qo'l ostida bo'lsa ham, ular mayda bo'laklarga bo'linib, idora qilinmoqda yedi. O'zaro hokimiyat uchun ichki kurashlar va nizolar natijasida 1348 yilda Sharqiy Turkistonda Chig'atoy avlodidan bo'lgan Tug'luq Temur hukmronligida Mo'g'uliston nomi bilan yangi davlat barpo yetiladi. Tug'luq Temur o'z yerlarini kengaytirish maqsadida Movarounnahrga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. Bu harakatlar Movarounnahr ichidagi barqaror bo'lmagan ijtimoiy-siyosiy vaziyat, boshboshdoqlik tufayli sodir bo'lgandi. Ana shunday ichki o'zaro urushlar avj olib, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy inqiroz kuchayib borgan davr Amir Temur faoliyati bilan bog'liq. Amir Temur Shahrisabz yaqinidagi Xo'ja Ilg'or qishlog'ida barlos beklaridan bo'lgan Muhammad Tarag'ay oilasida 1336 yil 9 aprelda tavallud topadi. Uning yoshligi Keshda kechadi, harbiy mashq, diniy va dunyoviy bilim o'rganadi. 1360-1361 yillarda Tug'luq Temur qarshiliksiz Movarounnahr yerlariga bostirib kirganida Temurning amakisi Kesh hokimi Hoji barlos Xurosonga qochib ketadi. Yosh Temur amakisi hokim bo'lib turgan yerlarni qo'lda saqlash maqsadida Tug'luq Temur xizmatiga kiradi va uning ishonchini qozonib, Kesh viloyati yerlariga hokimlik qilish uchun yorliq oladi. Temurning bu harakati Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik, o'zaro nizolar va boshboshdoqlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.77 KB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.77 KB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga