Amir Temurning tashQi siyosati va harbiy yurishlari. Buyuk sohibqiron Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish va uni mustahkamlash borasidagi faoliyatiga Oltin O'rda va Oq O'rda davlatlari katta xavf tug'dirib turgan edi. Sharq va Farb o'rtasidagi savdo karvon yo'llari ham ularning tasarrufida edi. XIV asr 70-yillari o'rtalaridagi Oq O'rdadagi voqealar, Oq O'rda xoni O'rusxon va uning o'g'li Temurmalik, nonko'r To'xtamish bilan bo'lgan janglar, Oltin O'rdaning tor-mor etilishi Amir Temur davlatining markazlashgan holda mustahkamlanishiga imkon yaratdi. Buyuk Amir Temur mohir sarkarda sifatida qattiq intizomga bo'ysungan qo'shin tuzdi. Ular o'nlik, yuzlik, minglik, tumanlik asosida boshqarildi. Harbiy yurishlar vaqtida «oddiy askarlardan har 18 kishi o'zi bilan birga bir chodir, xar biri ikki ot, bir kamon, bir sadoq o'q, bir qilich, arra, bigiz, bir qop, bolta, o'nta igna va bir charm xalta olishlari shart»1 qilib qo'yilgan. Sohibqiron uchun har bir askar jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz hisoblangan. U o'z qo'shiniga katta e'tibor berib, ular nizomni qat'iy bajarishi, jangda ayovsiz va dovyurak bo'lishi, dushmanga yumshoq muomalali va adolatli bo'lishi lozim deb hisoblagan. Ibn Arabshohning yozishicha, Temur askarlari ichida taqvodor, saxovatli, xudojuy kishilar ko'p bo'lgan. Ular bechoralarga xayru-ehson ko'rsatish, boshiga og'ir tashvish tushganda yordam qo'lini cho'zish, asirlarga yumshoq muomalada bo'lish va ularni ozod etishga odatlanganlar. Amir Temur armiyasida Amir Xo'ja Sayfiddin, Amir Sulaymon Xash, Amir Oqbug'a, Amir Soribug'a, Amir Birandiq, Shayx Ali Bahodir, Temur Tosh, Baratxo'ja, Amir Dovud Barlos, Amir Muayyad, Arlot kabi qo'mondonlar xizmat qilganlar. Ayrim yurishlarda Amir Temurning o'g'illari va nabiralari ham qo'shinga qumondonlik qilganlar. 1380-1382 yillarda Amir Temur Xuroson yerlarini bo'ysundirib, Hirot, Astrobod, Domg'on, ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.43 KB
Ko'rishlar soni
243 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.43 KB
Ko'rishlar soni
243 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:55 ]
Arxiv ichida: docx