Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi. Markaziy davlat boshqaruvining takomillashuvi Amir Temur Vatanimiz tarixida, o'zbek davlatchiligi taraqqiyotida beqiyos xizmat ko'rsatgan shaxs. Amir Temur jahon xalqlari tarixida buyuk davlat arbobi, mashhur sarkarda sifatida e'tirof topgan yorqin siymodir. Afsuski, Amir Temur nomi sobiq mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida qoralanib, avlodlar nazaridan chetga surilib kelindi. Biroq o'zbek davlatchiligini qayta tiklagan, buyuk davlat darajasiga ko'targan, jahonga shuhrat taratgan Amir Temurning tarixiy xizmatini jahon afkor ommasi nazaridan yashirish, uni Qatag'on zanjirida ushlab turish vaqti o'tdi. Milliy istiqlol tufayli o'z ona tariximizni xolisona yoritish, tarixiy haqiqatni qaror toptirish barobarida Amir Temur bobomizning nomini, nuroniy qiyofasini tiklash baxtiga muyassar bo'ldik. Yurtboshimiz Jslom Karimov tashabbusi bilan 1996 yilning Amir Temur yili deb e'lon qilinishi va shu yili buyuk bobokalonimiz tavalludining 660- yilligining mamlakatimizda hamda UNESCO tashabbusi bilan butun dunyo miqyosida keng nishon-lanishi - bu hozirgi minnatdor avlodlarning, qolaversa, jahon ahlining bu buyuk zotga, uning ulug'vor ishlariga bildirgan cheksiz hurmati va e'zozi ramzidir. Amir Temur turkiy barlos urug'ining biy(urug' oqsoqoli)laridan bo'lmish Muhammad Tarag'ay va Buxoro shariat qonunlarini sharh-lovchisining qizi Takina Mohbegimlarning farzandi bo'lib, 1336- yilda Shahrisabzga yaqin Xo'ja Ilg'or qishlog'ida tavallud topgan. Uning to'liq ismi Sohibqiron Amir Temur ibn Amir Tarag'ay ibn Amir Barkuldir. Temur siyosiy kurash maydoniga kirib kelgan XIV asrning 60- yillarida mo'g'ullarning Chig'atoy ulusi hukmronligi davom etayotgan edi. 1346- yili Chig'atoy ulusi xoni Qozonxon amir Qazag'on tomonidan o'Idiriladi. 1358- yilda amir Qazag'on ham o'ldiriladi, ulusda parokandalik jarayoni kuchayadi. O'lkaning turli hududlarida mustaqillik da'vosi bilan ish ko'rayotgan 10 ga yaqin mahalliy bekliklar, chunonchi, Xorazmda so'fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.39 KB
Ko'rishlar soni
221 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.39 KB
Ko'rishlar soni
221 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:56 ]
Arxiv ichida: doc