Antik davr davlatlari. Buyuk ipak yo'li, shakllanishi, rivojlanish bosqichlari. Salavkiylar, Parfiya va Yunon-Baqtriya davlatlari Makedoniyalik Iskandarning mil.avv. 334-324 yillardagi harbiy yurishlari natijasida Bolqon yarim oroli, Egey dengizi orollari, Kichik Osiyo, Misr, Old va O'rta Osiyo, Hind daryosining quyi oqimigacha bo'lgan hududni qamrab oluvchi ulkan davlat tashkil topdi. Yunon-makedonlarning 330-327 yillardagi O'rta Osiyoga bosqinchilik yurishlariga qaramasdan o'sha davrda bu hududlarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muhim o'zgarishlar bo'lib o'tdi. O'rta Osiyoga Ellin (Ellada) madaniyati kirib keldi. O'rta Osiyoning janubiy viloyatlari yirik ellinistik davlatlar tarkibiga kirib, bu viloyatlarda yangi siyosiy-ma'muriy tartib joriy etildi. Bu tartib O'rta Osiyoda madaniy, iqtisodiy, tovar-pul munosabatlarining rivojiga turtki bo'ldi. Xususan, bu davrda O'rta Osiyoda dastlabki tanga pullar zarb etildi. Yunon yozuvi kirib keldi. Shaharsozlik, me'morchilik va amaliy san'atda birmuncha o'zgarishlar bo'lib o'tdi. Ammo Makedoniyalik Iskandar davlati ham turli xalqlar, elatlar va qabilalarning zo'rlab birlashtirilgan yig'indisidan iborat bo'lib, faqat qo'rqitish va qurol kuchi orqali idora qilinar edi. Mil.avv. 323 yilda makedoniyalik Iskandarning Bobilda to'satdan vafot etishi siyosiy vaziyatning keskin o'zgarishiga sabab bo'ldi. Yunon diadoxlari (hukmdorlar, amaldorlar) o'rtasida hokimiyat uchun shafqatsiz kurash boshlandi. Bu paytda yunonlar va makedonlar O'rta Osiyoda hokimiyatni boshqaruvchi qatlamini tashkil etar edilar. Makedoniyalik Iskandar vafotiga qadar Baqtriya va So'g'diyona satrapi asli makedonlardan bo'lgan Filipp edi. Undan keyin esa bu hududlar asli Kipr orolidan bo'lgan yunon Stasanor qo'l ostiga o'tdi. Bu paytda ikki diadox - Evmen va Antigon Iskandar davlatining asosiy yerlarini qo'lga kiritish uchun o'zaro kurashayotgan edilar. Filippning katta qo'shinlari bilan yordam bergani tufayli Antigon Iskandar davlatining katta qismiga hukmronlik o'rnatishga muvaffaq bo'ldi. Ammo uning bu ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.39 KB
Ko'rishlar soni
204 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.39 KB
Ko'rishlar soni
204 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:56 ]
Arxiv ichida: doc