Antik davr tarixshunosligi

Antik davr tarixshunosligi

O'quvchilarga / Tarix
Antik davr tarixshunosligi - rasmi

Material tavsifi

Antik davr tarixshunosligi O'zbekistonning antik davrdagi tarixshunosligida qadimgi Uunoniston va Rim tarixchilari hamda geograflarining asarlari muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Ulardan 9 tasi haqidagi ma'lumotni «Tarixiy manbashunoslik» o'quv qo'llanmasidan foydalanib topishimiz mumkin. Geradotning «Tarix» asarida O'zbekistonning qadimiy xalqlari bo'lmish agrippiylar, issedonlar, massagetlar, doylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari hamda qo'shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma'lumotlarni uchratamiz. Diodor (mil.avv.90-21 yy.)ning «Tarixiy kutubxonasi» nomli 40 kitobdan iborat asarining, faqat - qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1-5 kitobdari saqlanib qolgan. Pompey Trog (mil.avv. 1-milod. I asri)ning «Filipp tarixi»da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va Sug'dda qurilgan shahar va imoratlar, Parfiya podsholigi, aholisining kelib chiqishi va Midiya bilan o'zaromunosabatlariga oid muhim ma'lumotlar mavjud. O'zbekiston va Eronning qadimiy tarixini o'rganishda panegrizm-maddohlik ruhida yozilgan Arrianning «Iskandarning yurishlari» nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi. Kvint Kurtsiy Rufning asari - «Buuyk Iskandar tarixi»da O'zbekiston hududining Iskandar Zulqarnay qo'shinlari tomonidan istilo qilinishi, xalqlarning chet el bosqichlariga qarshi kurashi, xususan, Spitamen boshliq qo'zg'alon keng yoritib berilgan. Kezi kelganda ta'kidlash joizki, Samarqandda, jasur Spitamen oilasidatug'ilib, uyrti va otasining dushmani bo'lgan Selevka Iskandarning xohishi bilan turmushga chiqqan go'zal Apama haqida qiziqarli ma'lumotlarni Amriddin Berdimurodov e'lon qilmoqda. Sermahsul olim Gay Pliniy Sekund (24-79) o'zining «Oddiy tarix» asarida O'zbekistonning ham qadimiy tarixi, unda yashagan xalqlar skiflar, Oks, Yaksart, Antioxiya shaharlarining barpo etilishi haqida qimmatli ma'lumotlar beradi. Polibiy (mil.avv.201-120 yy.) «Umumiy tarixi» Antixo I ning Baqtriya podshohi Eftidemga qarshi harbiy uyrishi haqida muhim ma'lumot beradi. Strabon (mil.av. 63-milod.23)ning «Ggeografiya»sida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg'iyonaning tabiiy holat, shaharlari, qisman ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.42 KB
Ko'rishlar soni 346 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.42 KB
Ko'rishlar soni 346 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga