Arab bosqiniga qarshi xalq ozodlik harakatlari

Arab bosqiniga qarshi xalq ozodlik harakatlari

O'quvchilarga / Tarix
Arab bosqiniga qarshi xalq ozodlik harakatlari - rasmi

Material tavsifi

Arab bosqiniga qarshi xalq ozodlik harakatlari Movarounnahrda hijriyning 100 yilida (719 yil) arab hokimiyati tugaydi degan gap-so'zlar tarqala boshlaydi. Arablar olib borayotgan bosqinchilik siyosatiga qarshi birinchi bo'lib, 720-yilda So'g'd aholisi bosh ko'taradi. Qo'zg'olonga Samarqand ixshidi G'urak va Panjikent hokimi Devashtichlar boshchilik qiladilar. So'g'dlarga yordam berish uchun Turkiy hoqon shahzoda Ko'rsul boshchiligidagi turkiy lashkarini Samarqandga yuboradi. So'g'ddagi qo'zg'olon umumxalq qo'zg'oloniga aylanib ketdi. Qo'zg'olonchilar arablarga zarba bera boshladilar. Faqat ayrim shahar va qal'alar ichida qurshovda qolgan arab harbiy qismlarigina katta boj va e'tiborli vakillarni qo'zg'olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqladilar. Xuroson noibi Sayid ibn Abdulaziz bu qo'zg'olonni bostirishga muvaffaq bo'lolmadi. 721-yil Xalifa Yazid ibn Abdumalikning tavsiyasi bilan Xuroson noibi etib Sayid ibn Amir al-Xaroshiy tayinlanadi. U Iroqdagi xalq qo'zg'olonini bostirishda o'z shafqatsizligi bilan nom chiqargan edi. Sayid al-Xaroshiy qo'zg'olonchilar bilan olib borgan muzoqaralar natijasida G'urak boshliq zodagonlarning bir qismi arablar tomoniga o'tib ketadi. Qo'zg'olonchilardan bir qismi esa kurashni davom ettirishni lozim ko'radilar. Arablar 400 ta boy savdogarlardan boshqa hamma Sug'd qo'zg'olonchilarini qirib tashladilar. Qo'zg'olonchilarga yordam bergan Xo'jand ahli ham jazolandi. Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arab hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xuroson noibi Ashras ibn Abdulloh (727-730 y.) islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya solig'i olishni bekor qiladi. U islom dinini keng targ'ib qila boshlaydi. Chegaradagi yerlarda yangi istehkom qurilib, chegaralar mustahkamlana bordi. Lekin g'aznaga kam daromad tushayotganligi, zodagonlarning shikoyati tufayli xirojni qayta tiklaydi. O'z siyosatini targ'ib qilish maqsadida ikkita taniqli arab ruhoniysi As-Sayid Soliq va Robiya ibn Umranni Samarqand va Buxoroga jo'natadi. Xiroj solig'i zodagonlardan ham, kambag'allardan ham zo'rlab undirila boshlanadi. Samarqandda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.32 KB
Ko'rishlar soni 213 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.32 KB
Ko'rishlar soni 213 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga