Reja: Arab - Isroil munosabatlarining keyingi ahvoli Kemp-Devid bitimi va uning oqibatlari Ikkinchi jahon urushidan keyin Arab xalqlari milliy-ozodlik kurashi yanada kuchaydi. Qator dav- latlarda (Misr, Iroq, Liviya, Yaman) mustamlakachi davlatlar qo'g'irchog'iga aylanib qolgan hukmron doiralar hokimiyati ag'darildi. Dastlab Jazoir, Marokash, Tunis va Sudan kabi davlatlar mustaqillikni qo'lga kiritdilar. Chet el kapitali egallab olgan milliy boyliklar (Misrda Suvaysh kanali kompaniyasi, Iroqda neft kompaniyasi - Iroq petroleum) milliylashtirildi. Mustaqil davlatlar ijtimoiy-siyosiy ittifoqlarga qo'shilmaslik siyosatini yuritdilar. Biroq arab davlatlarining o'zaro munosabatlari o'tgan tarixiy davr mobaynida jiddiy sinovlarga duch keldi. Bu munosabat ba'zan do'stona, ba'zan raqobat, hatto dushmanlik tusini ham oldi. Ayni paytda arab davlatlarining iqtisodiy taraqqiyot darajasi ham bir xil emas. Arab davlatlarining ba'zilarida (Iroq va Suriya) uzoq vaqt yakka shaxs diktaturasi hukm surdi yoki hukm surmoqda. Falastin arab xalqi esa hamon o'z mustaqil davlatiga ega emas. Biroq bu xalq o'z davlatiga ega bo'lish yo'lida qat'iy kurash olib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi deyarli barcha arab davlatlari bilan teng manfaatdorlik tamoyili asosida munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda. «Yaqin Sharq muammosi» deyilganda isroil-arab munosabatlari, Isroilning bosib olgan arab davlat- lari yerlarini qaytarib berishi hamda mustaqil Falastin arab davlatini tashkil etish bilan bog'liq muammolar, shuningdek, arab davlatlari va Isroilning yaxshi qo'shnichilik munosabatlari asosida yashash masalalari tushuniladi. 1947- yil 29-noyabrda BMT Falastinda ikki davlat - Isroil yahudiy va Falastin - arab davlati tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Versal konferensiyasidayoq (1919-yil) Buyuk Britaniya Falastinni boshqarish va u yerda yahudiylar davlatini tashkil etish mandatini olgan edi. Bu davrda Falastinda 100 mingga yaqin yahudiy yashardi. Dunyo bo'ylab tarqalib ketgan yahudiylarni bir ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.02 KB
Ko'rishlar soni
293 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:56
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.02 KB
Ko'rishlar soni
293 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:56 ]
Arxiv ichida: docx