Arxeologiya asoslari faniga kirish

Arxeologiya asoslari faniga kirish

O'quvchilarga / Tarix
Arxeologiya asoslari faniga kirish - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Arxeologiya fanining rivojlanish tarixi. 2. Arxeologiya fanining maqsad va vazifalari. 3. Arxeologik davrlashtirish va xronologiya. 4. Arxeologiya fanining yordamchi tarmoqlari. 5. Arxeologik tadqiqot usullari. Tarixni yoritishda va o'rganishda arxeologlar olib borgan tadqiqot ishlarining ahamiyati juda kattadir. So'nggi yillar ichida jahonning, jumladan O'rta Osiyoning turli hududlarida ko'plab arxeologik kashfiyotlar qilinib, muhim ma'lumotlar to'plandi. Olimlar tomonidan topib tekshirilgan bu yangi ashyolar eng qadimgi va o'rta asrlar tarixi haqidagi bilimlarni kengaytiradi. Mazkur manba va ashyolar jahon tarixining qadimgi davr siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlari haqida to'laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini beradi. Jahonda ibtidoiy odamlar tarqalishi jarayonidan boshlab, xalqlarning tarixida turli xil murakkab voqealar sodir bo'lgan. Ular ibtidoiy to'da davri, ibtidoiy xo'jaliklari va mehnat qurollari, urug'chilik tuzumining vujudga kelishi, xo'jalikning ishlab chiqarish shakllariga o'tilishi, binokorlik va hunarmandchilikning rivojlanishi, ishlab chiqarishda metallning ishlatila boshlanishi, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi, antik davri, o'rta asrlar me'morchiligi va moddiy madaniyatining rivojlanishi bilan birga boshqa ko'pdan-ko'p voqealar bilan bog'liq. Talabalar qadimgi tarixni o'rganishda qimmatli arxeologik manbalarga e'tibor berishlari lozim. Jahonda tekshirilgan barcha turdagi arxeologik yodgorliklar va ularda topilgan moddiy manbalar, insoniyat toshdan yasagan oddiy qo'pol cho'qmordan boshlab, uzluksiz mehnat natijasida yuksak madaniyat darajasiga yetib kelishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradilar. Ushbu kursning asosiy maqsadi - tariximizning muhim voqealarini o'rganishda arxeologik manbalarni ahamiyatini ko'satish, jahon, jumladan O'rta Osiyo, shuningdek O'zbekiston hududida yashab o'tgan ibtidoiy odamlar, qadimgi qabilalar va xalqlarning tarixini va madaniy taraqqiyotidagi o'ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ko'rsatib berishdir. Arxeologiya - tarix fanining mustaqil yo'nalishi bo'lib, o'zining tadqiqot obyekti, shuningdek, ularni ochib o'rganishda maxsus uslublardan foydalaniladi. Ya'ni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.81 KB
Ko'rishlar soni 252 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.81 KB
Ko'rishlar soni 252 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga