Ashtarxoniylar (joniylar) sulolasi davrida Buxoro xonligi 1601-1753

Ashtarxoniylar (joniylar) sulolasi davrida Buxoro xonligi 1601-1753

O'quvchilarga / Tarix
Ashtarxoniylar (joniylar) sulolasi davrida Buxoro xonligi 1601-1753 - rasmi

Material tavsifi

Ashtarxoniylar (joniylar) sulolasi davrida Buxoro xonligi 1601-1753 Buxoro xonligida yuzaga kelgan siyosiy inqiroz shayboniylar sulolasining barham topishiga olib keldi. Bu vaqtda Buxoroda yashab turgan va shayboniylarga qarindoshlik rishtalari bilan bog'langan Jonibek sulton xonadoni vakillari taxt uchun asosiy da'vogar bo'lib siyosiy maydonga chiqdilar. Jonibek sulton Jo'jining o'n uchinchi o'g'li To'qay Temur avlodlaridan bo'lib, uning ajdodlari Dashti Qipchoqning g'arbida, Hoji Tarxon (Astarxan) da hukmronlik qilganlar. Rus davlatining markazlashuvi va Ivan IV (Ivan Vasilevich, Grozniy, 1533-1583 yy) davrida davlat erlarining qo'shni davlatlar hisobiga kengaytirilishi jarayonida 1556 yilda Astraxan ham rus podshosi tomonidan bosib olindi. Shahar hukmdori Yormuhamad o'z oilasi bilan birga Buxorodan panoh topadi. Keyinchalik Buxoro xoni Iskandar sultonning qiziga uylangan Yormuhammadning o'g'li Jonibek sulton xon xonadoniga yaqinlashadi, uning farzandlari esa Abdullaxon II davrida yuqori martabalarga erishadilar. Shayboniylar sulolasi tanazzulga yuz tutib, taxtni boshqaradigan sulola vakili qolmaganligi tufayli Buxoro ulamolari va amirlar kengashgan holda taxtni Ashtarxoniy Jonibek sultonga topshiradilar. Biroq u chingiziy bo'lishiga va taxtni boshqarish huquqiga to'la imkoni borligiga qaramasdan, taxtga Abdullaxon xonadoniga yaqin bo'lganlar ko'proq xaqli deb hisoblaydi va uning jiyanlari, ayni vaqtda o'z o'g'illari foydasiga taxtdan voz kechadi. Shu tariqa Buxoro xonligi taxtiga yangi sulola - Ashtarxoniylar (sulola asoschisi nomi bilan Joniylar deb ham yuritilgan) sulolasi keladi. Bu vaqtda taxtni egallashi lozim bo'lgan katta o'g'il Dinmuhammad xonlikning janubiy-g'arbiy viloyatlarida noib bo'lib, Niso va Obivardda hokimlik qilardi. Buxoroda yuzaga kelgan vaziyatdan xabar topgan eronliklar harbiy yurish boshlab, chegara hududlariga xavf sola boshlaydilar va Obivardni qamal qiladilar. Dinmuhammad dushmanga qarshi bir necha kun jang olib boradi va ko'zidan hamda oyog'idan yarador bo'ladi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.53 KB
Ko'rishlar soni 258 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.53 KB
Ko'rishlar soni 258 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga