Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

O'quvchilarga / Tarix
Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot - rasmi

Material tavsifi

Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot LOYIHA TOPSHIRIG'I Kirish. Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qilishning, ilgarigi asrlarda amalda bo'lganidek mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqf yerlari shakllari mavjud edi. Mulki sultoniy davlat yerlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga kelib tushardi. Davlat yerlaridan o'sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular yerni ishlatib, olingan hosildan xiroj solig'i to'laganlar. Xon davlat tasarrufidagi yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din ulamolari va sayyidlarga suyurg'ol shaklida, harbiy qism boshliqlari, saroy amaldorlariga tanho shaklida in'om qilardi. Suyurg'ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to'lamas edi. Tanho shaklida in'om qilingan yerlar tanhodorning xususiy mulki bo'lmay, o'sha yerlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq olish huquqi berilar edi. Tinimsiz urushlar, qabila boshliqlari va amirlar o'rtasidagi ichki kurashlar mamlakat iqtisodiy hayotini, aholining moddiy turmushini ayanchli ahvolga tushirdi. Sug'oriladigan yerlarda bug'doy, jo'xori, loviya, mosh, sholi, paxta, savzavot va poliz ekinlari ekilgan. Dasht va tog'oldi lalmi yerlarda ham boshoqli ekinlar, kunjut, tarvuz, qovun ekilib, dehqonchilik qilingan. Dehqonchilik mamlakat iqtisodining butunlay inqirozga tushib qolishidan saqlab turgan asosiy omil bo'lib, aholining oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilgan. Imomqulixon davrida, 1614-1615- yillarda Qashqadaryodan Qarshi cho'liga kanal qazilgan. 1633-1634- yillarda Qo'shqo'rg'onda kanal qazilib, vohalarga suv chiqarilgan. Biroq ashtarxoniylar davrida suv inshootlari qurilishiga yetarli e'tibor berilmadi. Chorvachilik ham qishloq xo'jaligining yetakchi tarmog'i bo'lgan. Mehnatkash aholi chorva mollarini boqib, go'sht, sut mahsulotlari yetishtirgan. Ammo katta yaylovlar xon, saroy amaldorlari, din peshvolari, qabila boshliqlariga tegishli bo'lib, ming-minglab qo'ylar, podalar, yilqilar, tuyalar boqilardi. Jun, teri va boshqa chorvachilik mahsulotlari yetishtirilar, ichki va tashqi bozorda sotilar edi. Ho'kizlardan yer haydashda, omoch va mola tortishda keng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.87 KB
Ko'rishlar soni 424 marta
Ko'chirishlar soni 50 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.87 KB
Ko'rishlar soni 424 marta
Ko'chirishlar soni 50 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga