Avesto - qadimgi tariximizni o'rganishda noyob manba

Avesto - qadimgi tariximizni o'rganishda noyob manba

O'quvchilarga / Tarix
Avesto - qadimgi tariximizni o'rganishda noyob manba - rasmi

Material tavsifi

«Avesto» - qadimgi tariximizni o'rganishda noyob manba O'z mazmuni, mohiyatiga ko'ra yakkaxudolik, insonparvarlik, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, yurtparvarlik g'oyalarini tarannum etib, odamzod ahlini bunyodkorlik, yaratuvchilikka undagan muqaddas «Avesto» olis tariximizning asl durdona asarlari sirasiga kiradi'. «Avesto» kitobi miloddan avvalgi so'nggi ming yillik boshtari va o'rtalarida hududimizda yashagan qadimgi xalqlarning o'ziga xos turmush tarzi, xo'jalik mashg'uloti, ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-odatlari-yu ma-rosimlari haqida ma'lumot beruvchi muhim tarixiy manbadir. Modomiki, «Avesto» ona tariximizning muhim tarkibini tashkil etar ekan, bu noyob manba qachon, qayerda, kim tomonidan yaratilgan, degan savol ko'pchilikni qiziqtiradi. Tarixiy manbalarni chuquro'rganish, eng avvalo, «Avesto»da tilga olingan asosli jug'rofiy hududlar, yurtlar nomlarini, aholining mashg'ulot turlarini, urf-odatlarini, dafn marosimlarini sinchiklab o'rganish asnosida olimlar bu buyuk ta'Iimotning haqiqiy Vatani O'rta Osiyo o'lkasi, uning Xorazm vohasi ekanligini isbotlagan. «Avesto»da tilga olingan 16 ta yirik hududiy nomlarning ko'pchiligi ham O'rta Osiyoga taalluqlidir. «Avesto»da ezgulik, yaxshilik xudosi Ahura Mazda tilidan shunday deyiladi: «Men - Ahura Mazda - yaratgan ilk sarzamin va birlamchi yurt bu Doityo (Amu) daryosi sohilidagi xushmanzara iyron Vij (hozirgi Xiva o'rnidagi qadimgi manzilgoh nomi) edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan ikkinchi sarzamin va go'zal yurt So'g'd diyori edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan uchinchi sarzamin va go'zal yurt qudratli va рок Man diyori edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan tortinchi sarzamin va go'zal yurt zebo va orasta Balx diyori edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan beshinchi sarzamin va go'za] yurt Balx va Marv oralig'idagi Nisoyadir».' Keltirilgan budalil «Avesto»ning vatani bizning yurtimiz bo'lganligiga hech bir shubha qoldirmaydi. «Avesto» ta'limotining asoschisi, tarixga payg'ambar nomi bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.58 KB
Ko'rishlar soni 309 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.58 KB
Ko'rishlar soni 309 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga