Avesto muqaddas kitob

Avesto muqaddas kitob

O'quvchilarga / Tarix
Avesto muqaddas kitob - rasmi

Material tavsifi

«Avеsto»- Muqaddas kitob Ma'lumki dastlabki svilizatsiyalar tarixi qadimgi sharqda, so'ngra Yunonistondagi Krit orolida Minoy svilizatsiyasi bilan boshlangan edi. Shuningdek svilizatsiyalar dunyoning ko'plab mintaqalarida bo'lganidek, O'rta Osiyo, jumladan hozirgi O'zbekiston hududlarida ham vujudga keldi. Buni «Avеsto» nomi bilan ma'lum bo'lgan muqaddas kitob ham isbotlaydi. Dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri Zardushtiylik (Otashparastlik zoroastrizm) dinidir. «Avеsto» ana shu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanadi. Unda O'rta Osiyo hududlarida yashagan barcha turkiy xalqlar, fors-tojik ozarbayjon, afg'on va boshqa xalklarning qadimgi davr-lardagi ijtimoiy-iqtisodiy xayoti, diniy qarashlari, olam tug'risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma'naviy madaniyatlari o'z aksini topgan. Manbalarda «Avеsto» kitobining muallifi Zardusht (ba'zi manbalarda Zardo'st) 'bo'lganligi qayd etiladi, U xayotda yashab o'tgan tarixiy shaxs. Taniqli faylasuf olim Ibrohim Karimov Muloqot jurnalining 1992 yil 11-12-(23-24) sonlarida chop etilgan «Zardushtiylik xaqida xaqiqat» maqolasida Zardushtning miloddan avvalgi 589-512 yillarda, ya'ni bundan 2600 yil muqaddam yashab o'tganligini yozadi. Olimning ta'kidlashicha, Zardusht Spitoma O'rta Osiyo hududida faoliyat ko'rsatgan iloxiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo'lgan. Uning uch ug'il va bir qizi bo'lgan. Zardusht 30 yohga еtganda o'zigacha bo'lgan ko'p xudolilik diniy aqidalariga hamda tabiat xodisalariga qarshi chiqib, yakka xudolikka asoslangan birinchi diniy kitob - «Avеsto»ni yaratgan. Zardusht zardushtiylik dinining payg'ambari sifatida tan olingan va e'tirof etilgan. Shu paytga qadar zardushtiylik hakida olimlar o'rtasida turlicha qarash va g'oyalar mavjud. Bu eng avvalo zardushtiy dini qaysi maskanda paydo bo'lganq Ikkinchisi, yakkaxudolik dini bo'lganmi yoki ko'pxudolik kabi masaladir. Ba'zilar Zardushtiylik dinini Midiyada kеlib chiqqan dеsalar, ayrimlar uni Eronda paydo bo'lgan dеb isbotlaydilar. Zardushtiylikning vatani Erondir dеb isbotlovchi olimlardan biri fikricha, zardushtiylik dini «Hind- Eron qabilasi dinidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.84 KB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.84 KB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga