Avesto. Madaniy hayot Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda, ilk temir davri O'rta Osiyoda yashagan xalqlar va qabilalar orasida keng tarqalgan va asosiy din zardushtiylik edi. Bu diniy ta'limotning asoschisi Zaratushtra va bu dinning muqaddas kitobi Avesto haqidagi bahs va munozaralar tadqiqotchilar orasida hozirgacha davom etmoqda. Zaratushtra (o'rta fors tilida oltin tuyali, oltin tuya yetaklagan odam) tarixiy shaxs bo'lib, Spitama avlodidan kelib chiqqan. Zaratushtraning otasi Pourushasp qohinlar avlodidan bo'lgan. Zaratushtra tug'ilgan joy haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Uning tug'ilgan yilini tadqiqotchilar keng sanalar bilan (mil. avv. 1500-100 yillardan boshlab, mil. avv. VII-VI asrlargacha) bog'laydilar. Sosoniylar davri (II-VII asr) zardo'shtiylar an'analariga e'tibor beradigan bo'lsak, Zaratushtraning hayoti mil. avv. VII-VI asrning boshlariga to'g'ri keladi. Ko'pchilik tadqiqotchilar bu sanani to'g'ri deb hisoblaydilar. Zaratushtra tug'ilgan joy hamda Avesto paydo bo'lgan hudud haqida ham olimlar orasida yagona fikr yo'q. Bir guruh olimlar Zaratushtrani hozirgi Ozarbayjon, yana bir guruh qadimgi Baqtriyada, boshqa guruh olimlar Xorazmda va Eronda tug'ilib faoliyat ko'rsatgan va Avesto ham shu hududlarda paydo bo'lgan deb hisoblaydilar. Zaratushtraning yangi ta'limoti o'z vatanida tarafdorlarini topmaganligi sababli u o'z yurtidan ketishga majbur bo'lgan. Zaratushtra diniy ta'limotini birinchi bo'lib qabul qilgan tarafdorlar qadimgi Baqtriya podshosi Kavi Vishtasp, malika Xutaosa va ularning yaqin qarindoshlaridir. Zaratushtra o'z g'oyalarida qonli qurbonlik qilishni qat'iyan qoralaydi. U yana shuni ta'kidlaydiki, odamzod yashashga haqli bo'lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo'q. Zaratushtra o'z g'oyalarini targ'ib qila boshlagan davr O'rta Osiyo va Eron xalqlari tarixida eng muhim davr edi. Ibtidoiy jamoa munosabatlari o'zgarib, davlatchilik tizimi munosabatlari qaror topmoqda edi. Yangi din esa bu ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.16 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.16 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:56 ]
Arxiv ichida: doc