Burhoniddin Al-Marg'inoniy (1123-1197) IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda islom xuquqi - shariat ancha rivoj topgan edi. Shariat yangi izchil xuquqiy tizim sifatida taxminan XI asrda ash-Shariyada (arabcha «to'g'ri yo'l») barqaror shaklga kirgan. Shariat - bu islom axloqiy qadriyatlari va musulmon xuquqi falsafasidan iborat bo'lib, uning tub moxiyati fiqh dеb yuritiladi. Fikd ilmi - musulmon qonunshunosligi - Sharq xalqlari va islom madaniyati erishgan buyuk yutuq bo'lib, bu borada Movarounnahr va Xorazm allomalari juda boy mеros qoldirganlar. Vatandosh fiqhshunos olimlarimiz: Abu Havs al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturidiy, Abul-l-lays as-Samarqandiy, Abu Bakr al-Buxoriy, Faxr ud-din Qozixon, Shams ul-a imma as-Saraxsiy va boshqalar o'z davrida islom dunyosida ma'lum va mashxur bo'lganlar. Nomlari yuqorida tilga olingan olimlar orasida Ali ibn Abu Bakr ibn Abdul Jalil Al-Farg'oniy Ar-Rishtoniy al-Marg'noniy alohida o'rin tutadi. Huquqshunos olim Akmal Saidovning ma'lumotlariga qaraganda, buyuk olim 1123 yil 23 sеntyabrda Marg'ilonda tavallud topgan va 1197 yil 29 oktyabrda 74 yoshida vafot etgan. Olim o'rta asrlarda Marg'ilon shahrini arablar «Marg'ilon» atamasi bilan ataganliklariga o'quvchi diqqatini qaratadi. Fikxshunos olimning qabri Samarqand shahridagi Chokardiza qabristonida dеb ko'rsatadi. Burxoniddin Marg'inoniy ilmiy barkamollikka Rishton, Marg'ilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnahrning boshqa shaharlardagi ilm dargoxlarida musulmon xuquqi xanafiya mazxabining buyuk nazariyotchisi va amaliyotchisi bo'lib yеtishgan. Bu to'g'rida Abdulhay al-Lankavi: « u imom, qonunshunos bo'lgan. Hadislar bilan shug'ullangan. Qur'onni yod bilgan va unga sharxlar bеrgan. Ilmlarni yig'gan va muayyan fan tizimiga kеltirgan. Nihoyatda zukko va sinchkov tadqiqotchi va xudojo'y pok inson bo'lgan. Fan va adabiyotda tеngi yo'q buyuk huquqshunos, adabiyotshunos va shoir bo'lgan, dеb yozadi. Burxoniddin Marg'inoniy musulmon olami fani erishgan ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.71 KB
Ko'rishlar soni
284 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:56
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.71 KB
Ko'rishlar soni
284 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:56 ]
Arxiv ichida: docx