Buxoro amirligining ag'darilishi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil topishi va undagi siyosiy o'zgarishlar 1917-yil Buxoro amirligi ham xuddi Xiva xonligi singari muhim o'zgarishlar arafasida turardi. Bu davrda Buxoroda jadidchilik harakati va undan o'sib chiqqan Yosh buxoroliklar partiyasining faoliyati kuchaydi. Yosh buxoroliklar 1910 yildayoq o'zlarni alohida tashkilot sifatida e'lon qilgan edilar. Ular dastavval mavjud monarxiya tuzumi doirasida demokratik islohotlar o'tkazish, konstitutsion monarxiyani o'rnatish orqali amirning mutloq hokimligini cheklab qo'yish tarafdori bo'lishgan. 1917-yil 7 aprelda Buxoro amiri Said Olimxon mamlakatda islohotlar o'tkazish to'g'risida farmon chiqarsa ham, amalda uni joriy qilmadi. Jadidlar Buxoro shahrida namoyish uyushtirganlaridan so'ng mamlakatda ularni yoppasiga ta'qib etish boshlandi. Buxorodagi aprel voqealarining yakuni shu bo'ldiki, hukumatda konservativ kuchlar yana ustunlikka erishdilar. Said Olimxon qozikalon Sharifjon Maxdumni lavozimidan bo'shatdi, g'azablangan mutaassiblar rais Abdusamadxo'jani olomon qilib o'ldirdilar. Nasrullobek qo'shbegining buyrug'i bilan Yosh buxorolik jadidlarning mashhur namoyandasi Sadriddin Ayniy va boshqalar 75 tayoq urib jazolandilar. Islohotchilik harakatining bu bosqichi mana shunday noxushlik bilan yakunlandi. Oktabr to'ntarishidan keyin sovet Rossiyasi bilan Buxoro amirligi o'rtasidagi munosabatlar keskinlashdi. Turkiston Respublikasining bolsheviklardan iborat rahbariyati Buxoro amirligining davlat mustaqilligini rasmiy ravishda tan olishiga qaramay, amalda uning ichki ishlariga doimiy ravishda aralashib turdi. Yosh buxoroliklar amirlik istibdodiga qarshi kurashni davom ettirdi. Partiya ichida turli guruhlarning borligi, qarashlarning xilma-xilligi tufayli yagona dastur tuzishga ehtiyoj tug'ildi. Markaziy qo'mita bu vazifani 1917 yil noyabrda Fitratga topshirdi. Fitrat tomonidan 1918 yil yanvarda yozilgan Yosh buxoroliklar partiyasining dasturi (programmasi) Markaziy qo'mita tomonidan tasdiqlandi va islohot loyihasi sifatida e'lon qilindi. Unda Buxoro mamlakatida konstitutsiyaviy monarxiya o'rnatish, Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va harbiy mustaqilligini ta'minlash, madaniy ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.39 KB
Ko'rishlar soni
177 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.39 KB
Ko'rishlar soni
177 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:56 ]
Arxiv ichida: doc