Chig'atoy ulusining tashkil topishi, Mahmud Torobiy qo'zg'oloni

Chig'atoy ulusining tashkil topishi, Mahmud Torobiy qo'zg'oloni

O'quvchilarga / Tarix
Chig'atoy ulusining tashkil topishi, Mahmud Torobiy qo'zg'oloni - rasmi

Material tavsifi

Chig'atoy ulusining tashkil topishi. Mahmud Torobiy qo'zg'oloni O'lkalarning taqsimlanishi Zabt etilgan o'lka va viloyatlarni Chingizxon hali hayotlik chog'idayoq o'g'illariga taqsimlab berdi. Janubiy Sibir, Dashti Qipchoq, Itil bo'yi, Xorazm va Darbandgacha to'ng'ich o'g'li Jo'ji va uning vafotidan keyin esa nabirasi Botuga topshirildi. Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahrga uning ikkinchi o'g'li Chig'atoy ega bo'ldi. Chingizxon g'arbiy Mo'g'ulistonni, shuningdek, Tarbag'atoyni uchinchi o'g'li va vorisi O'qtoyga berdi. Kenja o'g'li Tuluga esa Mo'g'uliston, Xitoy va Qirg 'izlar yeri tegdi. Shunday qilib, mo'g'ullar bosib olingan viloyatlarni uluslarga taqsimlash asosida boshqarishga kirishdi. Chingizxon vafotidan so'ng (1227) o'qtoy mo'g'ullar davlatining ulug' xoqoni qilib tayinlandi. Uluslarning hukmdorlari xon deb yuritilardi. Ulug' xoqonning qarorgohi Qoraqurum shahrida bo'lib, u yerdan turib xonlarning xatti-harakatini qattiq nazorat qilib borar edi. Chingizxon vafotidan keyin ham mo'g'ullarning g'arbga tomon yurishi davom etdi. 1236-1241-yillarda Rusiya zabt etilib, Oltin o'rda davlati tashkil topadi. 1256-yilda Eron batamom bosib olinib, Hulokuiylar davlati vujudga keladi. 1258-yilda Huloku abbosiylar sulolasiga xotima beradi. Mo'g'ullar Osiyo va Yevropaning katta qismida o'z hukmronligini o'rnata olgan bo'lsalar-da, yagona markazlashgan davlat tuza olmadilar. Ulus xonlari ulug' xoqonga nomigagina bo'ysunsalar-da, amalda o'z bilganlaricha ish yuritardilar. Ulus xonlari o'rtasida yo ulug' xoqon bo'lish uchun, yo boshqa ulus tasarrufidagi hududlarni egallab olish uchun o'zaro keskin ichki kurash, ziddiyatlar avj olib turardi. Chig'atoy ulusi XII asrning 20-yillarida Chig'atoy tasarrufiga berilgan Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda Chig'atoy ulusi tashkil topdi. Chig'atoyxonning ulusni boshqaradigan o'rdasi Ili daryosi bo'yida edi. Viloyatlar va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda Chig'atoy o'ziga bo'ysundirilgan xalqlarning qori tabaqa vakillari xizmatidan foydalanadi. Movarounnahrni bevosita idora etish ishlari hali Movarounnahr zabt etilmasdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.56 KB
Ko'rishlar soni 363 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.56 KB
Ko'rishlar soni 363 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga