ChigÊatoy ulusining tashkil topishi

ChigÊatoy ulusining tashkil topishi

O'quvchilarga / Tarix
ChigÊatoy ulusining tashkil topishi - rasmi

Material tavsifi

Chig'atoy ulusining tashkil topishi Chig'atoy ulusi - Chingizxon tomonidan 2o'g'li Chig'atoy va uning merosxo'rlariga hukmronlik uchun berilgan (1224) hududning nomi. Chig'atoy ulusi Qashqar, Yettisuv va Movarounnahr yerlarini o'z ichiga qamrab olgan. Ko'chmanchilik bilan shug'ullanuvchi mo'g'ullarning o'troq aholini boshqarish tajribasi yo'kligi bois Chig'atoyxon o'ziga tegishli ulusni boshqarishni avval xorazmlik Mahmud Yalavochga, so'ngra uning o'g'li Mas'udbekka (1238-89) topshiradi. O'zi esa umrining oxirigacha ukasi O'ktoy qoon saroyida bosh maslahatchi tarzida faoliyat ko'rsatadi. Chig'atoy ulusidan olinadigan daromadlarning asosiy qismi Horaqurumta jo'natilgan. Qolgan qismini mahalliy aholidan tayinlangan oliy hokim ulus ehtiyojlari hamda qo'shin xarajatlari yo'lida sarf qilish huquqiga ega bo'lgan. Chig'atoy ulusida ham Chingizxon barpo etgan mo'g'ullar davlatidek mehnatkash omma nafaqat mo'g'ul bosqoqlari, dorug'alari, balki mahalliy zodagonlar va oqsuyaklar tomonidan ham ezilgan. Dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, chorvadorlar ilgaridan mavjud bo'lgan soliqlardan tashqari mo'g'ullar joriy qilgan yangi soliq va o'lponlarni to'lashga majbur edi. Oxiroqibat Chig'atoy ulusining qishloq va shaharlarida mo'g'ullarga va yerlik zodagonlarga nisbatan noroziliklar kuchaygan, qo'zg'olonlar bo'lib o'tgan (q. Mahmud Torobiy qo'zg'oloni). Chig'atoy vafotidan so'ng Mangu qoon va Botuxon Chig'atoy ulusini mulk sifatida tugatib, uni Tuli va Jo'ji vorislari o'rtasida taqsimlashga kelishib olishgan. 1251 yil imperiya poytaxti Qoraqurumda bo'lib o'tgan qurultoyda Mangu qoon etib saylangach, chig'atoy xonzodalarning ko'pchiligi O'ktoy qoon avlodlari qatori qatl qilingan. Chig'atoy ulusini Mangu qoon va Botuxon bo'lishib olganlar. Movarounnahr Botuxonga qaram bo'lib qolgan. 13-asrning 60- yillarida Chig'atoyning 6farzandi Baydarning o'g'li Olg'u (1261-65) chig'atoylar hokimiyatini qayta tiklashga erishadi. Olg'u vafot etgach, uning vorislari - Muborakshoh va Baroqxon mahalliy aholi bilan yaqinroq munosabatda bo'lish maqsadida musulmon dinini qabul qilganlar. 1266 yil Chig'atoy ulusi xoni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 124.21 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 124.21 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga