Chingizxon boshchiligida mo'g'ullarning Movarounnahrga bosqini. Ozodlik kurashi. Jaloliddin Manguberdi O'z dovyurakligi, ustamonligi, makkorligi bilan mashhur bo'lgan Temuchin (1155-1227) XII asrning oxirlariga kelib, nafaqat, mo'g'ullarning ko'p sonli urug'-qabilalarini, shu bilan birga ular bilan yonma-yon yashab kelgan ko'plab turkiy elatlar, chunonchi, jaloyirlar, oyratlar, qaraitlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg'izlar, uyg'urlar, qarluqlar va boshqalarni ham birin-ketin bo'ysundirib, kuchli davlatga asos soldi. Bu davlat harbiylashgan tizimga asoslanganligi bilan ajralib turardi. Qo'shinlarga: o'n jangchiga bir boshliq - o'n boshi, shuningdek, yuz boshi, ming boshi va tumanboshilar boshchilik qilardi. Tuman deganda o'n minglik qo'shingina emas, balki shu qo'shin safmi doimiy to'ldirishi kerak bo'lgan butun bir tuman, ya'ni besh - o'n ming o'tovli yoki 50 mingga yaqin aholisi bo'lgan hudud nazarda tutilardi. Har bir shunday tumanga tayin qilingan tumanboshi faqat o'n ming jangchining qo'mondoni bo'libgina qolmay, ayni zamonda o'z tasarrufidagi minglab fuqarolarning taqdirini ham hal etuvchi hokimi mutlaq hisoblanardi. Mazkur tumandagi barcha sudlov, jinoiy-javobgariik va fuqarolik ishJari ham to'laligicha iming tasarrufida bo'lgan. Temuchin oliy hokimiyat murvatini o'zining o'g'illari va eng yaqin kishilariga topshiradi. Jumladan, uning yaqin safdoshlaridan Subitoy, Xubiloy, Jebe, farzandlari: Jo'jixon, Chig'atoy, O'qtoy, Tulixonlar birinchi bo'lib tuman sohiblari bo'Iganlar. Temuchinning mo'g'ullarning ulug' xoqoni sifatidagi o'rni va mavqeyini har jihatdan mustahkamlash, bunga qonuniy tus berishda 1206- yili poytaxt Qoraqurumda bo'lib o'tgan umummo'g'ul Qurultoyi alohida ahamiyatga molik bo'ldi. Qurultoyda Temuchin barcha mo'g'ul - tatar xonlarining ulug' xoni (qooni) deb e'lon qilindi va unga Chingizxon laqabi berildi. (Chingizxon laqabi turli mualliflar tomonidan turlicha, chunonchi, «kuchli», «qudratli», «toza» yoki dengizlar (Dengizxon), okeanlar hukmdori va xokazo ma'nolarda talqin qilinib kelinadi). Qurultoy tomonidan qabul ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.94 KB
Ko'rishlar soni
221 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.94 KB
Ko'rishlar soni
221 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:56 ]
Arxiv ichida: doc