Chor Rossiyasining Turkistonda mustamlakachilik siyosati, Milliy-ozodlik kurashi, Jadidchilik

Chor Rossiyasining Turkistonda mustamlakachilik siyosati, Milliy-ozodlik kurashi, Jadidchilik

O'quvchilarga / Tarix
Chor Rossiyasining Turkistonda mustamlakachilik siyosati, Milliy-ozodlik kurashi, Jadidchilik - rasmi

Material tavsifi

Chor Rossiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati. Milliy-ozodlik kurashi. Jadidchilik. (2 soat.) Reja: 1.CHor Rossiyasi Turkistonni bosib olishi.Mustamlakachilarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy siyosati. 2. Mustamlakachilarga qarshi milliy-ozodlik harakatlari. 3.Turkistonda jadidchilik harakati va milliy uyg'onish. XIX asr ikkinchi yarmiga kelib O'rta Osiyo xonliklaridagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy ahvol tang darajada bo'lganligi bu paytda jahondagi eng agressiv davlatlar qatoriga kirgan, Yevropadavlatlariga nisbatan iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolayotgan Rossiyaning O'rta Osiyoni o'ziga bo'ysundirish niyatini ro'yobga chiqarishni tezlashtirdi. Bu niyat Rossiya imperatori Pyotr I (1672-1725) davrida tug'ilgan bo'lib, u Xiva xonligini bo'ysundirish uchun hatto 1717 yilda Bekovich-CHerkasskiy boshchiligida O'rta Osiyoga harbiy ekspeditsiya uyushtirgan edi. Lekin bu harakat, undan keyingi boshqa harbiy harakatlar: jumladan, 1839-40 yillarda Perovskiy boshchiligidagi harbiy yurish ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. XVII-XIX asrning birinchi yarmi davomida rus hukumati Pyotr I orzularini amalga oshirish yo'lida uning vasiyatlarini bajarib, Qipchoq dashtlarini o'ziga bo'ysundirdi va u yerda harbiy istehkomlar bunyod etdi. Bu davrda Rossiya uchun sanoatni rivojlantirish, uni xom-ashyo bilan ta'minlash va ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish uchun yangi bozorlar izlash kechiktirilmas vazifa bo'lib qoldi. Rossiyaning agressiv tashqi siyosati davomida uning kelajakda imperiyani kengaytirish uchun Xitoy, Hindiston, Afg'oniston, Eronga uyushtiradigan harbiy yurishida, janubdagi dengizlar, ular orqali okeanga chiqishida O'rta Osiyo platsdarm vazifasini bajarishi kerak edi.YAna shuni ko'rsatib o'tmoq joizki, chorizmning Turkistonga bo'lgan qiziqishi bu o'lkadagi katta yer osti boyliklarini o'zlashtirishga intilish bilan bog'liqdir. SHu bilan birga XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyoda Rossiya va Angliya manfaatlari to'qnashdi. Bu hol Rossiyaning O'rta Osiyo xonliklarini bosib olish rejasini ishlab chiqish va harbiy yurishlarni tezlashtirishiga sabab bo'ldi. SHu sabablarga ko'ra chor Rossiyasi o'zining tish-tirnog'igacha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.42 KB
Ko'rishlar soni 238 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.42 KB
Ko'rishlar soni 238 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga