Chorizm mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati

Chorizm mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati

O'quvchilarga / Tarix
Chorizm mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Turkiston xalqlarining chorizim mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati MAVZU: Chorizm mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati Xalq noroziligini yuzaga keltiruvchi sabablar. Toshkent qo'zg'aloni. Andijon qo'zg'aloni. Turkistonda jadedchilik harakatining vujudga kelishi. Chor Rossiyasining Turkistonda joriy etgan ma'muriy- boshqaruvi tizimi xalqningboshiga solingan siyosiy sirtmoq bo'ldi. Bosqinchilar avvalo, Turkiston boyliklarini talontarojqildi, so'ngra o'lkani xom ashyo bazasiga aylantirib iqtisodiyotni o'z manfaatlariyo'lida jilovlab oldi. Og'ir soliqlar, g'ayriqonuniy majburiyatlar aholini toboraqashshoqlashtirib bordi. Mustamlakachilar mahalliy aholining milliy qadriyatlari, urfodatlarini oyoq osti qilardi, ma'naviy zug'um kuchayib borardi.Rossiya Turkistonni o'z mustamlakasiga aylantirgach, uning siyosiy, iqtisodiy,ma'naviy-madaniy zulmi kuchayib bordi. Chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi xalqning noroziligi, nafrati oshib bordi, qo'zg'olon ko'tarishiga sabab bo'ldi. Qo'zg'olonlarning harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblari,kambag'allar bo'ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniylar, milliy g'ururini yo'qotmagan boy zamindorlar ham ishtirok etdilar.1879 yilda 600 ga yaqin g'alayonchi Farg'ona viloyat boshqarmasi binosini qurshab olib, harbiy gubernatordan Marg'ilon tumanidan olinayotgan soliqlarni kamaytirishni talab qiladi. G'alayonchilar avzoidan cho'chigan, vaziyatning jiddiyligini anglagan viloyat harbiy gubernatori bo'lajak katta janjalning oldini olish maqsadida xalqqa yon bosib, ularning talablarini o'rganib chiqishga va'da beradi va g'ayriqonuniy soliq yig'uvchilarni aniqlab, ularni ishdan chetlashtirishga majbur bo'ladi. 1880-1883 yillarda mustamlakachilik zulmiga qarshi qator chiqishlar bo'lib o'tdi. Xo'jand, O'ratepa, Namangan, O'sh va Chustda ko'tarilgan qo'zg'olonlar bunga misol bo'la oladi. Manbalarda 1885-1892 yillarda Farg'ona viloyatida xalqning 205 marta siyosiy chiqishlari, harakatlari ko'tarilgani qayd etilgan. Farg'onadagi vaziyatdan cho'chigan viloyat harbiy-gubernatori Vrevskiy aholidan ko'z-quloq bo'lib turish uchun Markaziy hukumatga maxfiy siyosiy politsiya xizmatini tashkil etish taklifini ilgari suradi. U Farg'ona viloyatining har bir tumanida maxfiy ayg'oqchilar tarmog'ini vujudga keltirish uchun o'z ixtiyoridagi mablag'dan foydalandi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 41.85 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 41.85 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga