Chorizmning Turkistondagi mustamlakachilik siyosati

Chorizmning Turkistondagi mustamlakachilik siyosati

O'quvchilarga / Tarix
Chorizmning Turkistondagi mustamlakachilik siyosati - rasmi

Material tavsifi

Chorizmning Turkistondagi mustamlakachilik siyosati. O'rta Osiyo istilosidan so'ng Rossiya, Petr I vasiyatini bajarib, jahonning eng yirik imperiyalaridan biriga aylandi. Yevropaning ilg'or jamoatchiligi XIX asr oxirida Rossiyani «beadad miqdordagi mulk o'g'risi», deb ta'riflab, «hisob-kitob vaqti kelganda, u bu mulklarni o'z egalariga qaytarishga majbur bo'ladi», deb bashorat qilgan edi. Rossiya o'z mustamlakalari hududi jihatidan Buyuk Britaniya, Fransiya, va Germaniyani orqada qoldirib ketdi. Turkiston general gubernatorligining o'zi kengligi jihatidan Fransiya, Germaniya va Avstriya-Vengriya imperiyalari maydoniga teng bo'ldi. Turkiston ma'muriyati imperiyaning boshqa o'lkalari boshqaruvidan o'zining keskin harbiylashgani bilan alohida ajralib turadi. Rossiya hukumatining Turkiston uchun 1865-1916 yillar davomida ishlab chiqqan va amalga tatbiq qilingan o'nta qonun loyihasiga va uning moddalariga adliya, moliya, harbiy, ichki ishlar va boshqa vazirliklar kiritgan o'zgartirishlarda ana shu holat o'z aksini topgan. Rus hukumati va uning hukmron doiralarining niqoblangan va jahon afkor ommasini chalg'itishga qaratilgan nayranglari ham ro'y-rost gavdalangan. O'lka boshqaruvi zo'ravonlikka asoslangan va u doimiy usul sifatida saqlanib kelgan. Kaufman hukmronligi davrida Turkiston general gubernatorlik boshqaruvi uning jilovlanmagan istibdodi asosida amalga oshirilgan. 1865 yil 6 avgustda Turkiston viloyatini boshqarish uchun «Muvaqqat nizom» e'lon qilingan edi. Shu yili Turkiston aholisi turmushi va umumiy ahvolini o'rganish uchun «Dasht komissiyasi» ham tuzilgan edi. Turkiston general-gubernatori etib tayinlangan general-leytenant M. G.Chernyayev(1882-1884) taklifi bilan 1882 yil 8 mayda imperatorning Turkiston general-gubernatorligini taftish qilish to'g'risidagi farmoni e'lon qilindi. Taftish ishlariga Dasht komissiyasi sobiq raisi, maxfiy maslahatchi F. Kirs rahbar qilib tayinlandi. Komissiya 1883 yilda ma'lumotnoma bilan birga «O'lkani boshqarish to'g'risidagi nizom loyihasi»ni ham imperatorga taqdim etdi. 1886 yil 12 iyunda «Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risida»gi Nizom ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.72 KB
Ko'rishlar soni 228 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.72 KB
Ko'rishlar soni 228 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga