Davlat muzey fondi. Muzey ashyolarini o'rganish, ilmiy ma'lumotnoma apparati. REJA: 1 Muzey fondi tushunchasi. 2 Muzey fondini ilmiy tashkil etish va komplektlashning ilmiy maqsadi 3 Muzey fondlarini hisobga olish maqsadi. Fond hujjatlarini sistemasini tuzish maqsadlari. 4. Fondni hisobga olish va hujjatlashtirish. 5. Muzey fondini ilmiy kataloglashtirish. komplektlarshning asosiy ilmiy uslublari. Muzey faoliyati, ishi muzey fondi asosida yuritiladi. Bu ishning amalga oshirish va qimmati muzey xodimlarining manba to'g'risidagi bilimlarini, manbaning madaniy qimmati, hissiy ta'siri, tarixiy jarayoni haqidagi ma'lumotlarni aniqlash va oydinlashtirish yo'lidagi sa'yi harakatlari bilan belgilanadi. Manbani sotib olish, saqlash, tadqiq etish, uni ilmiy va ta'lim-tarbiya ishiga tadbiq etish esa yanada muhim vazifa hisoblanadi. Muzey fondi o'tmishi, hozirgi zamon va kelajakni bog'lovchi, uyg'unlashtiruvchi manbadir. Muzey fondining arxiv va kutubxona fondlaridan farqi shundaki, u tarixiy jarayonni kompleks hujjatlashtiradi. Muzey uchun ma'lumotning hajmi va mundarijasi, predmetning joylashishigina predmetning tabiati, uning qaysi maqsadda qachon va qanday yig'ilganligi to'grisidagi ma'lumotlar ham muhimdir. Predmetning tabiatiga, uning ma'lumot berish imkoniyatiga ko'ra tarixiy manbalar quyidagi turlarga bo'linadi: a) moddiy manbalar; b) tasviriy manbalar; v) yozma manbalar; g) fonoyozuv va kinofil'mlar. Moddiy manbalarga moddiy madaniy yodgorliklar - mehnat qurollari, harakatlantirish moslamalari, maishiy predmetlar, qurollar v.b.lar kiradi. Moddiy manbalar faqat predmetning tarkibidangina ma'lumot bermay, uning shakli, ko'rinishi, o'lchovi, og'irligi, rangi v.b.lar haqida ma'lumot beradi. Ular yana o'sha davr tarixiy jarayon, madaniyati, ilmiy yutuqlar haqida ham ma'lum ma'noda tasavvur hosil qiladi. Moddiy manbalar mavhum tushuncha emas, balki aniq tushunchalar hosil qilish imkoniyatini beradi.Tasviriy manbalar turli buyoq, figura, belgi v.b. narsalar vositasida yaratilib, ular musavvirlik ishlari, grafika, haykaltaroshlik, badiiy plakatlar va fotografiya ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.07 KB
Ko'rishlar soni
580 marta
Ko'chirishlar soni
68 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.07 KB
Ko'rishlar soni
580 marta
Ko'chirishlar soni
68 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:56 ]
Arxiv ichida: doc