Eftalitlar, Turkiy hoqonlik va arablar istilosi davrida O'rta Osiyo

Eftalitlar, Turkiy hoqonlik va arablar istilosi davrida O'rta Osiyo

O'quvchilarga / Tarix
Eftalitlar, Turkiy hoqonlik va arablar istilosi davrida O'rta Osiyo - rasmi

Material tavsifi

Eftalitlar, Turkiy hoqonlik va arablar istilosi davrida O'rta Osiyo. Milodiy IV-VI asrlar Turon zamin tarixi Bu davr ko'chmanchi qabilalarning kirib kelishi, qabilalar ittifoqi (konfederatsiya)ning yuzaga kelishi-yangi siyosiy kuchlarning paydo bo'lishi bilan izohlanadi. Shunday kuchlardan biri - Kidoriylar xususidagi asosiy ma'lumotlar Xitoyning Beyshi solnomasida hamda g'arb tarixchilaridan biri Prisk Paniyskiy ma'lumotlarida uchraydi. Bu ma'lumotlarga ko'ra Kidoriylarning yuyechjilar hukmdori Sidolo yoki tadqiqotlar fikricha Kidor (ba'zan Kidara) IV-asrda hukmronlik qilgan. Yaponiyalik tadqiqotchi K. Yenoki braxmiy yozuvidagi bir qator Kidara Kushon sha deb yozilgan tangalarni tadqiq qilgan. Bu taxminan 390-430 yillarga mansub bo'lib, hind tadqiqotchisi A. Bivarning xulosasiga ko'ra bunday tangalar 2 ta hokim tomonidan bir vaqtning o'zida zarb etilgan. Yenokining fikricha Kidoriylar Tohariston va Gandxarni 412-437 yillar oralig'ida o'z qo'llarida birlashtirganlar. Kidariylar masalasi nisbatan ancha kam o'rganilgan va tadqiqotlar davom ettirilishi kerak bo'lgan masaladir. Chunki yuqoridagi ma'lumotlarni (jumladan Beyshi) keyinchalik boshqa manbalar tilga olmaydi. Hindistonga (456 y) ketib Gupta davlatini bosib olganlaridan keyingi kidoriylar to'g'risidagi ma'lumotlar ham deyarli yo'q. Faqatgina ular Hindistonda 75 yil hukmronlik qilganlari, 477 yil Gandxardan Xitoyga elchilar yuborganliklari ma'lum xolos. Ba'zi tadqiqotchilar ularni Sharqiy Turkistondan kirib kelgan kushonlar qoldig'i deb ham tushuntirish berishadi. Shuningdek, kidoriylarning O'rta Osiyoning janubida xiyoniylar bilan birga ittifoqchiligi hamda ularning Eronga qarshi birgalikdagi harakatlari to'g'risida ham turli taxmin va fikrlar mavjud. IV-asr o'rtalarida Turon o'lkasiga shimoldan ko'chmanchi xion qabilalarining hujumi boshlanadi. Tarixda ular xiyonit yoki xioniylar nomi bilan tanilganlar. Xioniylarning 353 yil So'g'd ustiga yurish qilganliklari ma'lum. Xioniylar hukmdori o'rta yoshlardagi tadbirkor va aqlli davlat arbobi Grumbat ismli shaxs bo'lgan. 359 yil xioniylar o'z ittifoqchilik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.29 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.29 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga