Eftaliylar davlatining vujudga kelishi. Eftaliylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot Kidariylar. V asrning 20-yillarida O'rta Osiyoga Sharqdan Sirdaryo va Orol bo'ylari orqali yana bir ko'chmanchi ahdli - kidariylar (yuechji yoki toxarlarning avlodi) kirib keladi.?Kidar ismli hukmdor yo'lboshchilik qilgani uchun ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Kidariylar So'g'diyonani, Amudaryo bo'ylaridagi yerlarni egallab, o'z hukmronligini o'rnatadilar. Kidariylar Balx shahrini o'z davlatining poytaxtiga aylantiradilar. Biroq kidariylar hukmronligi uzoq davom etmadi. Kidariylar bilan sosoniylar o'rtasida ziddiyatlar kuchayib, ular o'rtasida bir necha marta qurolli to'qnashuvlar bo'ladi. 456- yilda bo'lgan navbatdagi jangda kidariylar sosoniylardan qAQSHatqich zarbaga uchradilar. Ayni paytda, shimoldari januBga siljib kelayotgan eftaliylar bosimiga uchrab, shimoliy Hindiston tomon chekinishga majbur bo'ldilar. Kidariylar u yerda 75 yilcha hukmronlik qiladilar. Kflaliylar. Ulaming etnik tarkibi, daviat tashkil etishlari xususida tarixiy manbalarda turli xil qarashlar mavjud. Rim va Vizantiya tarixchilari Marselin (IV asr), Prokopiy Kesariyskiy, Feofan Vizantiyskiy (VI asr), arman tarixchilari Lazar Parbskiy (V asr), Favst Buzand (IV asr), xitoy solnomalaridan Bey-shi (VI asr) bergan ma'lumotlar shular jumlasidandir. Masalan, eftaliylar Xitoy manbalarida «i-da», «ye-da», armanlarda «idal», «xeptal», arablarda «haytal», Suriya va lotin manbalarida «eptalit», «eflalat», «abdal» deb nomlanadi. Bunday turlicha atamalar bar bir til va yozuvning o'ziga xos xususiyatlari ifodasidir, albatta. Rus va Vizantiya tarixchilarining aksariyati eftaliylarni turkiy qabila-massagetlarning so'nggi bo'g'inidan kelib chiqqan deb fikr bildiradilar. F.Vizantiyskiy eftallar nomini V asrning ikkinchi yarmida podshohlik qilgan Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bog'laydi. Biroq nima bo'lganda ham shu narsa haqiqatki, eftaliylar Turkiston mintaqasida ko'pdan buyon yashab kelgan tub joy, yerli qavmlardandir. Eftaliylar hukmdori Vaxshunvor Eftalon 457- yilda Chag'oniyon (hozirgi Surxon yerlari), Toxariston ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.42 KB
Ko'rishlar soni
428 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.42 KB
Ko'rishlar soni
428 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:56 ]
Arxiv ichida: doc