Eneolit va bronza davri madaniyati Insoniyat tarixining tosh davri o'rnini metall qurollar egallay boshladi. Miloddan avvalgi 4 minginchi yillarda odamlar misdan qurollar yasashni o'rganadilar. Mis metall sifatida yumshoq bo'lganligi tufayli, undan yasalgan qurollar mo'rt,yumshoq va tez egiluvchan bo'lgan. Shu sababdan toshdan mehnat qurollari yasash ham davom etgan. Bu davrni eneolit, ya'ni mis-tosh davri deb ataladi. Odamlar dastlab misni yer yuzasidan sof holda uchratib, undan mehnat qurollarini yasaganlar. Keyinchalik uning olovda erishini bilganlar va undan turli xil shakldagi qurollar va buyumlar yasaganlar. Ajdodlarimiz miloddan avvalgi 3 minginchi yillardayoq misga qalay aralashtirib bronza, ya'ni qattiq metall qotishmasi olishni, undan pishiq va qattiq mehnat qurollari, qilich, xanjar, uy-ro'zg'or buyumlari, zeb-ziynat bezaklari yasashni o'zlashtirib oladilar. Bu davr bronza davri deb nom oldi. Bronzaning kashf etilishi metallurg hunarmandlarni, metallurgiya ustaxonalari va zargarlik korxonalarini vujudga keltirdi. Eneolit va bronza davri mehnat qurollari Eritilgan mis, qalay aralashmasi qo'yiladigan tosh va loyqoliplar Bronza qotishmasidan tayyorlangan bolta, o'roq, ketmon, tesha Misdan, bronzadan yasalgan igna, nayza, xanjar, qilich Misdan yasalgan taqinchoq, bezak va boshqa buyumlar yer haydaydigan omoch Yog'och arava Hunarmandchilikning bu tariqa ixtisoslashuvi turli hududlar o'rtasida mahsulot ayirboshlashga, ularni iqtisodiy jihatdan bog'laydigan aloqa yo'llarining paydo bo'lishiga olib keladi. Bronza davrida yashagan ajdodlarimiz ho'kiz, ot, eshak va tuyadan transport vositasi sifatida foydalanganlar. Hayvonlar qo'shilgan g'ildirakli aravalar vujudga keladi. O'zbekiston hududidan eneolit va bronza davri odamlari hayotini tasvirlovchi ko'plab manzilgohlar topib o'rganilgan. Buxoro viloyati Qorako'l tumani markazidan . shimolisharqdagi Zamonbobo ko'li atrofida 1950 yillarda Ya.G'.G'ulomov, 1960 yillarda A.Asqarov tadqiqot ishlari olib borib, eneolit va bronza davri odamlarining makoni va qabristonini topib ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.25 KB
Ko'rishlar soni
393 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:56
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.25 KB
Ko'rishlar soni
393 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:56 ]
Arxiv ichida: docx