Fergantrop odami muammosi

Fergantrop odami muammosi

O'quvchilarga / Tarix
Fergantrop odami muammosi - rasmi

Material tavsifi

Fergantrop odami muammosi O'rta Osiyoda, jumladan O'zbekiston hududida zinjantropga zamondosh ajdodlarimiz yashagan. Undan keyin yashagan odamzod ajdodi pitekantroplar bo'lib, ular bundan 1 mln yil burun yashagan. Uning zamondoshi ham O'rta Osiyo hududida hozircha uchragani yo'q. Pitekantroplardan keyin, ya'ni bundan 500-600 ming yillar burun yashagan odamzodining ilk izlari Xitoydan topilib, ularni olimlar sinantroplar deb atashdi. Sinantrop topilgan makonda (ular g'orlarda yashagan) toshdan ishlangan mehnat qurollari bilan birgalikda qalin kul qatlami ham topildi. SHuningdek qalin madaniy qatlam va u qatlam ichida hayvon suyaklari ham uchragan. Bu qoldiqlar sinantroplarning g'orda uzoq vaqt (bir necha yuz ming yilliklar) yashaganligidan guvohlik beradi. Sinantroplar davridan boshlab odamzod birinchi bo'lib olov bilan tanishdi va undan o'z hayot faoliyatida foydalanildi. Ana shu sinantroplarga zamondosh ibtidoiy odam ajdodining izlari O'rta Osiyoning bir necha joylarida uchraydi. Bu davr ajdodlari hali to'da-to'da bo'lib yashaganlar. Ular tabiat iqlimini sovib ayrim rayonlarga muzliklar qoplagan, ayrim rayonlarda esa to'xtovsiz yomg'irlar yog'a boshlagan zamonda yashaganlar. Bu davr ibtidoiy to'da davrining o'rta bosqichi-ashel davriga to'g'ri keladi. Sinantroplar davrida ibtidoiy ajdodlarimiz asosan g'orlarda yashaganlar. Ularning kundalik tirikchiligi yovvoyi daraxtlarning mevalari, ayrim o'simliklarning ildizlari edi. Ular birgalashib yirik hayvonlarni ov qilganlar. Biroq ov o'ljasi hisobiga kun kechirish sinantrop zamondoshlar uchun juda og'ir kechgan. SHuning uchun bo'lsa kerak, ular qurt-qumursqa va mayda kemiruvchi jonivorlarni ham iste'mol qilishga majbur bo'lganlar. Bu davr odamlarining mehnat qurollari asosan toshdan, yirik ov hayvonlarning suyak va shoxlaridan hamda qattiq daraxt shoxlaridan yasalgan. Afsuski, zamonning zayli bilan bizgacha u qurollardan faqat toshdan yasalgani etib kelgan. Bu tosh o'rganilgan va ular birinchi bor topilgan makon nomi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.09 KB
Ko'rishlar soni 330 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.09 KB
Ko'rishlar soni 330 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga