Fransiya -Prussiya urushi. REJA : 1. Fransiya-Prussiya urushining kelib chiqish sabablari va boshlanishi. 2. Urushning borishi va oqibatlari. 3. Fransiya inqilobi va uning boshlanishi. 4. Fransiyada Konstitutsiyaning qabul qilinishi va Respublikaning tuzilishi. 5. Fransiya-Prussiya urushining yakunlari. 1869-1870 yillarda Fransiyada bonapartchilar rejimining krizisi juda ham kuchayib ketdi. Buni, ikkinchi imperiya dushmanlarigina emas, balki uning tarafdorlari ham imperatorning o'zi va uning a'yonlari ham fahmlar edilar. Bonapartchilar to'dasi, faqat g'olibona urush qilish yo'li bilangina hokimiyatni qo'lda saqlab qolish, omonat turgan imperator taxtini mustahkamlash, ko'tarilib kelayotgan inqilob to'lqinini to'xtatish mumkin, degan qarorga keldilar. Prussiyani tor-mor keltirish, Shimoliy-german ittifoqini tugatish, Germaniyaning tarqoqligi va parokandalik davriga qaytarish va Fransiyaning mayda german davlatlarining taqdirini hal etuvchi kuchga aylantirish va bu bilan ikkinchi imperiyaning ilgarigi obro' va shuhratini tiklash Napoleon II hukumatining mo'ljal va maqsadlari edi.Bu maqsadlar fransuz xalqiga yot edi. Urush bonapartchilar to'dasining faqat shaxsiy g'arazli manfaatlariga mos tushardi xolos. Prussiyada ham Fransiyaga qarshi urushga tayyorgarlik ishlari urushdan ancha ilgari boshlangan edi. Bismarg tomonidan ishlab chiqilgan dasturda ya'ni «Germaniyani yuqoridan», «qilich va qalqon» siyosati bilan Prussiya boshchiligida birlashtirish dasturida Fransiyaga qarshi urush muqarrar deb topilgan edi. 1868 yildayoq Prussiya shtabi Fransiyaga qarshi urush operatsiyalari rejasini ishlab chiqib, harbiy tayyorgarlik bilan bir qatorda siyosiy va diplomatik tayyorgarliklar ham ko'rilgan edi. Prussiya janubiy german davlatlarini o'z tomoniga og'darib olishga, Avstriya-Vengriya va Chor Rossiyasini betaraf qilib qo'yishga muvoffiq bo'lgan edi. Prussiya yunkyerlari, harbiylari burjuaziyaning siyosatini qo'llab-quvvatlagan, ko'pchilik qismi mag'lubiyatga uchragan Fransiya yerlarini egallashga orzumand edilar. Tarixiy taraqqiyot taqozosi bilan Germaniya oldiga qo'yilgan asosiy, eng muhim va eng zarur vazifa Germaniyani ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.38 KB
Ko'rishlar soni
315 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:56
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.38 KB
Ko'rishlar soni
315 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:56 ]
Arxiv ichida: docx