Fransiya Reja: 1. Birinchi jahon urushining oqibatlari 2. Iqtisodiy inqiroz va uning oqibatlari 3. Xalq frontining tuzilishi Fransiya jahon urushida g'olib chiqqan davlatlardan biri edi. Biroq bu g'oliblik Fransiya uchun juda katta yo'qotishlar evaziga qo'lga kiritildi. Chunonchi, urush tufayli 1,4 mln nafar fransiyalik halok bo'ldi, 750 mingi yarador, mayib-majruh bo'lib qoldi. Urush harakatlari oqibatida sanoati taraqqiy etgan viloyatlar vayronaga aylandi. 3 mln 250 ming gektar haydaladigan yer foydalanishga yaroqsiz bo'lib qoldi. Fransiya qarz beruvchi davlatdan qarzdor davlatga aylandi. 1920-yilga kelganda Fransiyaning davlat qarzi 300 mlrd frankka yetdi. (O'sha davrdagi hisoblarda AQSH dan 300 mlrd dollar, Buyuk Britaniyadan esa 650 mln funt sterling qarz bo'ldi.) Ayni paytda urush Fransiyani G'arbiy Yevropaning birinchi davlatiga ham aylantirdi. Elzas va Lotaringiyaning qaytarilishi, Saar viloyati ustidan Fransiya nazoratining o'rnatilishi mamlakatning bundan keyingi taraqqiyotida juda katta ijobiy rol o'ynadi. Yangi iqtisodiy hududlar Fransiya metallurgiya sanoati qudratini 75 foizga oshirdi. Bundan tashqari, Fransiya hukumati vayron bo'lgan xo'jalikni tiklash masalasiga ham jiddiy e'tibor berdi. Bu maqsad uchun to'langan 100 mlrd markaga yaqin tovon sanoatni texnologiya jihatidan qayta qurish imkonini berdi. Bularning bari mamlakatni yanada industrlashtirish uchun qudratli omil bo'lib xizmat qildi, oxir-oqibatda Fransiya agrar-industrial davlatdan industrial-agrar davlatga aylandi. Temir rudasi qazib chiqarish bo'yicha Fransiya Yevropada birinchi o'ringa chiqdi. Qudratli banklar («Mirabo», Rotshildlar oilasi, aka-uka Lazarlar, Malle kabi) paydo bo'ldi. Sanoatning yetakchi tarmoqlarida «Reno», «Sitroyen», «Pejo», «Simka» kabi ulkan kompaniyalar tashkil topdi. Shu bilan barobar mamlakatdagi katta miqdordagi mayda korxonalar ham saqlanib qoldi. Ular barcha sanoat mahsulotining deyarli 50 foizini ishlab chiqardilar. Qishloq xo'jaligida ham tub o'zgarishlar yuz berdi. ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.94 KB
Ko'rishlar soni
310 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:56
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.94 KB
Ko'rishlar soni
310 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:56 ]
Arxiv ichida: docx