Germaniya tarixi (birinchi jahon urushi yillarida)

Germaniya tarixi (birinchi jahon urushi yillarida)

O'quvchilarga / Tarix
Germaniya tarixi (birinchi jahon urushi yillarida) - rasmi

Material tavsifi

Germaniya Reja: 1. Birinchi jahon urushining Germaniya uchun oqibatlari 2. Germaniya ijtimoiy harakatidagi bo'linish 3. Daues rejasi Germaniya va uning ittifoqchilari Birinchi jahon urushida mag'lubiyatga uchradi (bu haqda avvalgi mavzularda batafsil ma'lumot olgansiz). Germaniya urushda 2 mln dan ortiq qurbon berdi. Yara- dor bo'lganlar, asirlar va bedarak yo'qolganlarni qo'shganda, jami yo'qotish 7,5 mln kishini tashkil etdi. Ayni paytda hukmron doiralar, monopoliya egalari urushdan juda katta foyda ko'rdilar. (Masalan, birgina Krupp konsernining daromadi 15 baravar ortdi). Natijada yirik mulkdorlar mamlakat hayotida qudratli ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy kuchga aylandilar va hukumat siyosatiga katta ta'sir ko'rsata boshladilar. Urush mehnatkash tabaqalarga katta salbiy oqibatlar keltirdi. Umumiy mehnat majburiyati ishchilar uchun amalda katorgaga teng edi. Urush qishloq xo'jaligiga ham katta talafotlar keltirdi. 1918-yilning kuziga kelganda ekin maydonlari amalda 2 baravar kamaygan edi. Ochlik, epidemiyalar va cho'zilib ketgan urush azoblari aholining boshiga juda katta kulfatlar keltirdi. Aholining bunday qismati mamlakatda inqilobiy vaziyatni vujudga keltirdi. Ayni paytda Rossiya inqilobi ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi. Germaniya inqilobi 1918-yil 3-noyabr kuni boshlandi. Shu kuni Kil shahrida joylashgan harbiy dengizchilar urush davom etishiga qarshi qo'zg'olon ko'tardilar. Kil ishchilari esa qo'zg'olonni qo'llab-quwatladilar va umumiy ish tashlash e'lon qildilar. Shaharda ishchilar va soldatlar So-vetlari tashkil etildi. Inqilob to'lqini 9-noyabrda Berlingacha yetib keldi va u butun Germaniyaga yoyildi. Qo'rqib ketgan imperator Vilgelm II mamlakatdan qochib ketdi. Shu tariqa Germaniyada monarxiya quladi. Mamlakatda hokimiyat xalq vakillari Soveti qo'liga o'tdi. 10-noyabrda tuzilgan yangi hukumatga Germaniya sotsial-demokratik partiyasining yirik arboblaridan biri - F. Ebert rahbarlik qilgan. Bu hukumat Germaniyani Respublika deb e'lon qildi va u 11-noyabr kuni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.63 KB
Ko'rishlar soni 220 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.63 KB
Ko'rishlar soni 220 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga