Hindiston va Pokiston tarixi

Hindiston va Pokiston tarixi

O'quvchilarga / Tarix
Hindiston va Pokiston tarixi - rasmi

Material tavsifi

Hindiston va Pokiston. Reja: 1. Hindiston Respublikasining tashkil topishi. 2. Iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot. 3. Taraqqiyot yo'lidagi ijtimoiy- siyosiy muammolar. 4. Tashqi siyosat. 5. Pokiston davlatining tashkil topishi. 6. Kashmir muammosi. 7. Pokiston 60-70 yillarda. Ikknchi jahon urushidan so'ng Hindiston katta kolonial imperiyasining batamom keraksiz ekanligini ko'rsatdi. Yaponiya osongina Singapur, Malayziya, Birmani egallab Hindiston bilan chegara hududiga yetib keldi. Yaponiyaning Ikkinchi jahon urushidagi mag'lubiyatigina mavjud tizimni saqlab qoldi, biroq orqaga yo'1 yo'q edi. Imperiyada milliy ozodlik harakati kuchayib bordi. Kurash oldida Hindiston borar edi. Harbiy flot dengizchilarining g'alayoni mazkur kurash kulminatsiyasi bo'ldi. G'alayon 1946-yil 19-fevralda Bombeydagi Talvar kreyserida boshlandi. Dengizchilar harbiy-dengiz bazasini egal-lab oldi, liind soldatlari ularga qarshi o't ochishdan bosh tortdi, qo'zg'olonchi-larni harbiy uchuvchilar qo'llab-quvvatladilar. Bombey bir kechada barrikadalarga toiib ketdi, ommaviy namo-yish va ish tashlash boshlandi. Qo'zg'olon ayovsiz bostirildi. Birgina Bombeyda ushbu kunlari 300 kishi o'ldirildi, 15 ming nafari yara-landi, yuzlab qo'zg'olon ishtirokchilari qamoqqa olindi. Biroq Britan hukmronligi tangligi ko'rinib qoldi. Armiya hukumatga bo'ysunishdan bosh tortib, xalqni qo'llab-quvvatladi. Bundan tashqari, qo'zg'olon diniy oqimlar, millatlar va turli siyosiy qarashga ega kishilarning mus-tamlakachilikka qarshi kurashda maqsadi yakdil bo'lishi-ni ko'rsatdi. 1947-yil 20-fevralda Angliya bosh vaziri Ettli Hindiston to'g'risidagi yangi deklaratsiya bilan chiqdi. 1947-yil iyunda Hindiston vitse-qiroli lord Mauntbetten Hindiston hokimiyatini topshirish to'g'risidagi aktni e'lon qildi. Unga ko'ra mamlakat hindlar davlati - Hindiston va musulmon davlati - Pokistonga bo'lindi. Mamlakatning ikkiga bo'linish jarayonida siyosiy nizolar va hind-musulmonlar qirg'ini (Bengaliya, Panjobda) bo'lib o'tdi. Natijada Panjob va Bengaliya iqtisodiga ulkan iqtisodiy zarar yetkazildi. Provinsiyalardan ommaviy qochish oqibatida dalalarga ekin ekilmadi, sanoat korxonalari ishlamay qoldi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.57 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.57 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga