Hofiz Tanish Buxoriyning «Sharafnomai shohiy» asari. O'zbek davlatchiligi tarixida shayboniylar sulolasi hukmronligi muhim o'rin tutadi. Buxoro xonligida bu sulola hukmronligi davrida tarixshunoslik ancha uyksalganini A.A.Semyonov, A.Yakubovskiy, B.Ahmedov kabi taniqli tadqiotchilar haqli ravishda e'tirof etishgan. Tadqiqotchi P.P.Ivanovning fikricha, shayboniylar davrida Buxoro xonligida madaniyatning rivojlanishida Eronda hokimiyatni qo'lga olgan Shoh Ismoilning Erondagi va Hirotdagi sunniylarni ta'qib ostiga olgani ham o'z ta'sirini o'tkazdi. Chunki ta'qiblar tufayli bu yerdagi madaniyat namoyandalari, shoirlar, olimlar Buxoro xonligiga kelib, o'rganib qolganlar. Bu davrda Buxoro xonligida tarixnavislik adabiyot, tarjima san'ati, xattotlik, me'morchilik sohalarida katta uytuqlar qo'lga kiritilgani ma'lum. Xususan, V.V.Bartol'dning fikricha, shayboniylar davrida tarix va adabiyot sohalarida yaratilgan asarlar soni, sifati bir qadar ortgan. Ayniqsa, Hofiz Tanish Buxoriyning «Sharafnomayi shohiy» («Shohlarni sharaflovchi asar») asarini alohida ta'kidlab o'tish joiz. «Abdullanoma» yoki «Sharafnomayi shohiy» asarining ijodkori XVI asrda yashab o'tgan buxorolik shoir va yirik tarixchi olim Hofiz Tanish Buxoriydir. U 1549 yilda Buxoroyi sharifda nufuzli mansabdor xonadonida dunyoga kelgan. Hofiz Tanish Buxoriy o'z davrining chuqur va keng ma'lumotli kishilaridan bo'lib, 1584 yili Abdullaxon soniyning (1583-1598 yy.) yaqin odami Qulbobo ko'kmdotning tavsiyasi bilan Abdullaxoning xizmati qabul qilingan va uning shaxsiy voqeanavisi, tarixchisi vazifasiga tayinlangan. Hofiz Tanish Buxoriy umrining oxirigacha shu lavozimda ishladi. Maleho Samarqandiyning ma'lumotiga ko'ra, Hofiz Tanish 1589 yili xotini tarafidan zaharlab o'ldirilgan. «Sharafnomayi shohiy» asarida O'zbekiston, Qozog'iston, shuningdek, qisman, Afg'oniston va Eronning XVI asrdagi tarixi ijtimoiy-siyosiy jihatdan bayon qilinadi. Undan tashqari, asarda Buxoro xonligi bilan Eron, Hindiston, Qoshg'ar va Rossiya o'rtasidagi munosabatlar haqida ham qimmatli ma'lumotlar bor. Asar XVI asrning 80 yillari oxirida yozib tamomlangan. Hofiz Tanishning zamondoshi shoir ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.57 KB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:56
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.57 KB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:56 ]
Arxiv ichida: docx