Ibtidoiy tasviriy san'at. Bronza davri yutuqlari. Yozuv haqida yangi ma'lumotlar Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san'at, xususan, g'orlarning devorlariga turli tasvirlar tushirish so'nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniyadagi Altamir g'ori). O'rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo'ladi. Neolit davriga kelib, bu san'at yangi asosda rivojlanish bosqichiga o'tadi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa, Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san'atning namunalari topilgan. O'tmish tariximizning xilma-xil yodgorliklari orasida muhim ahamiyatga ega bo'lgan va O'rta Osiyoning tog'lik tumanlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko'ra ikki xildir. Bir xillari bo'yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa-urib-o'yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlar (petrogliflar) keng tarqalgan. O'lkamizdagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko'ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo'lib, ular yuzdan ziyoddir. Mazkur joylardagi qoyatoshlarda O'zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular buqalar, sherlar va yo'lbarslar, qoplon, tulki va bo'rilar, bug'u va jayronlar kabilardir. Rasmlar orasida o'q-yoy, qopqon kabi narsalar ham ko'pchilikni tashkil etadi. Mavjud qoyatosh rasmlari mazmunan boy va manzarasi jihatdan xilma-xildir. Unda odamlar, ov, yirtqich hayvonlar to'qnashuvlari manzaralari tasvirlangan. Respublikamizdagi eng qadimgi rasmlar Zarautsoyda bo'lib (Surxondaryo), bu rasmlar mezolit-neolit, ya'ni, mil.avv. VII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o'sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g'oyaviy qarashlari va diniy e'tiqodlarini o'rganishda muhim ahamiyatga egadir. Undan tashqari, qoyatosh suratlari mazmun va manzaralarining boyligi bilan ajralib turadi va ular keng tarqaladi. Ushbu suratlar ishlanish uslubi xilma-xil bo'lib, arxeologik yodgorliklarning bir turi hisoblanadi. Ularning mazmun va manzarasi ma'nosidan kelib chiqib, ibtidoiy yoki qadimgi ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.95 KB
Ko'rishlar soni
343 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.95 KB
Ko'rishlar soni
343 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:56 ]
Arxiv ichida: doc