Ikkinchi imperiya davrida Fransiya (1852-1870)

Ikkinchi imperiya davrida Fransiya (1852-1870)

O'quvchilarga / Tarix
Ikkinchi imperiya davrida Fransiya (1852-1870) - rasmi

Material tavsifi

Ikkinchi imperiya davrida Fransiya (1852 - 1870) Reja: 1. Fransiyaning ikkinchi imperiya davridagi ijtimoiy-siyosiyahvoli. Bonapartizmning hukmronligi va Fransiyaning Yevropaqit'asida gegemon davlatga aylanishi. Fransiyada liberal - oppozitsion harakatning yuksalishi, inqilobiy krizisning yetilishi. Ikkinchi imperiyaning Fransiya tarixida tutgan o'rni va tarixiy ahamiyati. Ikkinchi imperiyaning e'lon qilinishi Fransiyada yirik burjuaziyaning eng reaksion va agressiv qatlamlarining alohida hukmronlik shakli - bonopartizmning diktaturasi barpo qilinganidan darak berardi. Savdo-sanoat burjuaziyasining keng qatlamlari hukumat siyosatiga ta'sir qilishdan chetlashtirildi. Mehnatkash omma butunlay huquqsiz qilib qo'yildi. 1851 yil 2 dekabrda bo'lib o'tgan davlat to'ntarishi 1848 yil inqilobi tufayli to'la qo'lga kiritilgan deyarli barcha burjua - demokratik yutuqlarni yo'qqa chiqardi. Ishchilar ittifoqlari va kooperativlar tarqatib yuborildi, Respublikachilar partiyasi tor-mor qilindi, demokratik matbuot bo'g'ib qo'yildi. Barcha reaksion hukumatlarning sodiq ittifoqchisi bo'lib kelgan katolik ruhoniylar yanada katta siyosiy ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ldi. Parlament muassasalari saqlanib qolindi, ammo har ikki palataning: Qonun chiqaruvchi korpusning va Senatning haq-huquqlari haddan tashqari cheklab qo'yildi. Ular o'z majlislari haqida rasmiy hisobotlarni e'lon qilolmas hatto o'z vakillarini saylab olish huquqidan mahrum etilgandi. 21 yoshdan kam bo'lmagan erkaklar uchun berilgan saylov huquqi bonapartizm rejimining sotsial bazasini kengaytirish maqsadida saqlab qolindi. Napoleon II hukumati yirik burjuaziyaga va dehqonlarning boy qatlamlariga suyanib, mehnatkashlar ommasiga demogoglarcha tilyog'lamalik qildi. Ikkinchi imperiya hukmronlik qilgan o'n sakkiz yil Fransiya sanoatining tez sur'atlar bilan o'sish davri va bonapartizm rejimidan ishchilarni ekspluatatsiya qilishni kuchaytirish, o'z foydalarini olish uchun keng foydalangan yirik burjuaziyaning misli ko'rilmagan boyish davri bo'ldi. Cho'yan ishlab chiqarish uch baravar, temir ishlab chiqarish Z,5 baravar, po'lat ishlab chiqarish esa 8 baravar ko'paydi. O'zining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 47.66 KB
Ko'rishlar soni 238 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 47.66 KB
Ko'rishlar soni 238 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga