Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari LOYIHA TOPSHIRIG'I Kirish. Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 31 avgust kuni Germaniya Polsha hududiga bostirib kirishi bilan urush boshlandi va Polsha qisqa vaqtda bosib olindi. 1940 yil 10 mayda Yevropaning uch davlatini tor-mor keltirishni ko'zda tutuvchi «Gelb» operatsiyasi boshlandi. Nemis qo'shinlarining bosqini Gollandiya, Belgiya, Lyuksemburg va Fransiyaning aerodromlari, qo'mondonlik punktlari, harbiy omborlari va muhim sanoat markazlariga kuchli havo hujumi bilan boshlandi. 1940 yil 14 mayda Gollandiya taslim bo'ldi. Angliya-Fransiya va Belgiyaning katta harbiy kuchlari nemis qo'shinlari tomonidan dengizga Dyunkerk yaqinida qisib qo'yildi. Faqat ularning bir qismi Britaniya orollariga evakuatsiya qilindi, 28 mayda Belgiya taslim bo'ldi. Dengiz bo'yidagi ittifoqchilar qo'lida bo'lgan so'nggi yirik port Dyunkerk xavf ostida qoldi. Angliya qo'mondonligi o'z qo'shinlari va Belgiya-Fransiya qismlarini evakuatsiya qilishga qaror qildi. 1940 yil 4 iyungacha davom etgan Dyunkerk operatsiyasi davomida 33800 ga yaqin kishi, shu jumladan 123 ming fransuz va belgiyaliklar olib chiqib ketildi. Bor og'ir harbiy texnika evakuatsiya hududiga tashlab ketildi va gitlerchilarning qo'liga tushdi. Angliyaliklar evakuatsiya davrida 224 ta kema va transport (sudna), hamda 106 ta samolyotdan ajralib qoldi. Vermaxtning g'arbiy Yevropadagi birinchi harbiy operatsiyasi mana shunday tugadi. Unga ko'ra, gitlerchilar Gollandiya va Belgiyaning harbiy kuchlarini taslim ettirdi va 28 ta fransuz diviziyasini tor-mor keltirdi. Nemis-fashist qo'shinlari Fransiyaning shimoldagi qo'shinlariga ketma-ket zarbalar berib, Fransiya shimolidan janub va janubi-g'arbiy tomonlarga kirib bordilar. Fransiyaning asosiy harbiy kuchlari Fransiya-Germaniya chegarasida, «Majino chizig'i»da qolib ketaverdi. 1940 yil 5 iyunda Germaniya Parij tomon hujum boshladi, 10 iyunda Italiya ham Angliya bilan Fransiyaga urush e'lon qildi va qisqa vaqt ichida ishg'ol ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
52.6 KB
Ko'rishlar soni
307 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:56
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
52.6 KB
Ko'rishlar soni
307 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:56 ]
Arxiv ichida: docx