Ikkinchi jahon urushi, 1939-1945 yillardagi urush harakatlari

Ikkinchi jahon urushi, 1939-1945 yillardagi urush harakatlari

O'quvchilarga / Tarix
Ikkinchi jahon urushi, 1939-1945 yillardagi urush harakatlari - rasmi

Material tavsifi

Ikkinchi jahon urushi. 1939-1945 yillardagi urush harakatlari Reja: Ikkinchi jahon urushi haqida Ikkinchi Jahon urushining boshlanishi. G'arbiy frontdagi ahvol. Sovet davlati hududining yanada kengayishi. Shimoliy Afrikada urush harakatlari. Sovetlarga qarshi urushning boshlanishi. Ikkinchi jahon urushi haqida Ikkinchi jahon urushi !939-yilning l-sentabridan 1945-yilning 2-sentabrigacha, ya'ni 6 yil davom etdi. Bu urush dunyoning 61 davlatini o'z domiga tortdi. Ularda dunyo aholisining 80 foizi yashar edi. Armiya saflariga jami 110 mln. kishi safarbar etildi. Ikkinchi jahon urushi tarixda eng dahshatli, eng ko'p talafot va katta vayrongarchilik keltirgan urush sifatida iz qoldirdi. Chunonchi, maxsus adabiyotlarda qayd etilishicha, bu urushda 65-67 mln. kishi halok bo'lgan. Ularning yarmi tinch aholi edi. Vayrongarchilikdan ko'rilgan zarar va urush xarajati birgalikda 4 trillion dollarni tashkil etdi. Bu urush ayni paytda eng dahshatli qurollar ishlatilgan urush ham edi. Urush oxirida hatto raketa quroli hamda atom bombasi yaratildi va ular insoniyatga qarshi ishlatildi. Fashizmning dunyoga hukmron bo'lishga intilishi va insoniyat boshiga keltirishi mumkin bo'lgan kulfati antifashistik kuchlarni birlashtirdi. Erksevar xalqlar birgalikda fashizmga qarshi kurashdilar. Va, nihoyat, g'alaba ham qozondilar. Biroq bu g'alaba-ga osonlikcha erishilmadi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi Avvalgi mavzuda qayd etilgandek, 1939-yilning 1-sentabrida Germaniya Polshaga hujum qildi. Bunga javoban Buyuk Britaniya va Fransiya Ger-maniyaga qarshi urush e'lon qildilar va shu tariqa urush boshlanib ketdi. Polsha armiyasi kam sonli va yaxshi qurollanmagan edi. Shunday bo'lsa-da, u jasorat bilan qarshilik ko'rsatdi. Lekin kuchlar teng bo'lmagani uchun Polsha armiyasi ikki hafta ichida tor-mor etildi. 17-sentabr kuni Polsha hukumati Prezident Ridz Smigli boshchiligida mamlakatni tashlab, chet elga chiqib ketdi. Xuddi shu kuni Germaniya bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.51 KB
Ko'rishlar soni 174 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.51 KB
Ko'rishlar soni 174 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga