Ikkinchi jahon urushi (1939- 45) - Olmoniya, Italiya va Yaponiyaning aybi bilan boshlangan jahon tarixidagi eng yirik urush. 20-a. fojiasi sifatida insoniyat tarixiga kirdi. Bu urushning kelib chiqishida asosiy rolni fashistlar Olmoniyasi o'ynadi. G'arb mamlakatlari (Angliya, Fransiya, AQSH) hukmron doiralarining kelishtirish siyosati Avstriyani (1939 y. mart), Chexoslovakiyani (1939 y. mart) Olmoniyaga qo'shib olinishiga va Myunxen bitimiga (1939 y. sent.) yo'l ochib berdi. I.j.u.ning boshlanishida SSRning ham aybi bor. 1939 y. 23 av-g .da SSR bilan Olmoniya o'rtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik to'g'risida shartnoma imzolandi. Bu shartnomaning maxfiy qo'shimcha ahdnomasiga muvofiq, Olmoniya va SSR Sharqiy Yevropada o'zlarining ta'sir doiralarini bo'lib oldilar. Har ikki mamlakat manfaatlari, avvalo, Polsha davlati bilan bog'liq edi. Sovet tomoni G'arbiy Ukraina, G'arbiy Belorussiya va Bessarabiya (1921 y.da boy berilgan) hududlarini qaytarib olmoqchi edi. Shuningdek, Olmoniya Boltiqbo'yi mamlakatlariga da'vo qilishdan qam voz kechdi. Olmoniya bilan SSR shartnomaga muvofik, Polilaga bir vaqtda qo'shin kiritishlari kerak edi. SSR bu majburiyatni bajarmadi. 1939 y. 1 sent.da Olmoniyaning bir o'zi Polshaga bostirib kirdi va I.j.u.ni boshlab berdi. 3 sent.da Angliya va Fransiya Olmoniyaga qarshi urush e'lon qildi. SSR 1939 i. 17 sent.da Polsha hudu-diga qo'shin kiritdi. Ko'p o'tmay Brestda olmon qo'mondoni T. Guderian va sovet generali S. M. Krivosheiy qo'mondonligida Polshaning bo'lib olinishi munosabati bilan qo'shma sovet-olmon paradi o'tkazildi. SSR I.j.u. bahonasida o'z hududlarini kengaytirish va chegaralarini mustahkamlashga kirishdi. 1939 y. ZOnoyab.- 1940 y. martda SSR bilan Finlyandiya o'rtasida harbiy to'qnashuv bo'ldi. Bundan SSR manfaatdor edi. O'zaro urush natijasida SSR Fin- lyandiyaning bir qator hududlarini (Leningradga chegaradosh yerlar) tortib olib, shim.g'arbiy ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → pdf, doc
Fayl hajmi
271.84 KB
Ko'rishlar soni
257 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: pdf, doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → pdf, doc
Fayl hajmi
271.84 KB
Ko'rishlar soni
257 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: pdf, doc