Ilk davlatlar haqidagi yozma manbalar. Qadimgi aholi Yangi ma'lumotlarga ko'ra, O'rta Osiyo hudularidan topilgan piktografik belgi-yozuvlar bronza davriga oid bo'lsa-da, ular hozircha kam sonli bo'lib, qadimgi jamiyat haqida to'liq ma'lumotlar bera olmaydi. Milloddan avvalgi V-IV asrlarga oid ayrim kam sonli topilmalar ham (Xorazm, sak yozuvlari) to'liq emas. O'rta Osiyo hududlaridan milloddan avval II-II asrlarga oid ko'plab tanga pullar topilganki, ular qadimgi tarixni o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Undan tashqari to o'rta asrlarga qadar yetib kelgan ko'p sonli yozma manbalar ma'lumotlari ham muhimdir. O'rta Osiyo hududlaridagi dastlabki davlat uyushmalari haqidagi yozma manbalar - zardo'shtiylarning muqaddas diniy kitobi Avesto, ahmoniylar davri mixxat yozuvlari, yunon-rim tarixchilarining asarlari hisoblanib, ularning barchasi yurtimizdan chetda bitilgan. Shuning uchun ham ularda ba'zi hollarda chalkashliklar va noaniqliklar, bir-birini inkor etish hollari uchrab turadiki, bu o'rinda mavjud yozma manbalarni arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan solishtirish va tahlil etish nihoyatda muhimdir. Arxeologik ma'lumotlar yozma manbalar ma'lumotlarini kengaytiradi, ularga aniqlik kiritadi, tarixiy taraqqiyotning aniq yo'nalishlarini ko'rsatib, ma'lum davr haqidagi tasavvurlarimizni yanada boyitadi. Vatanimiz tarixini o'rganishidagi dastlabki yozma manba sifatida Avesto katta ahamiyat kasb etadi. Avesto qachon va qayerda paydo bo'lganligi tadqiqotchilar orasida hamon bahslarga sabab bo'lmoqda. Avesto kitobi va zardushtiylik dinining asoschisi Zaratushtra (Zardo'sht, yunoncha Zoroastr) paydo bo'lgan va faoliyat ko'rsatgan hudud haqida Avestoda keltirilgan geografik hududlarni o'rganib xulosa chiqargan ko'pchilik hozirgi tadqiqotchilar O'rta Osiyo yoki hech bo'lmaganda bu hududga qo'shni bo'lgan shimoli-sharqiy Eron degan fikr bildiradilar. Umuman olganda, Avestoning vatani Xorazm yoki Baqtriya deb hisoblovchi olimlar ko'pchilikni tashkil etadi. Avestoni fransuz olimi Anketil dyu Perron birinchi bo'lib tadqiq etgan. 1755-1761 yillarda ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.2 KB
Ko'rishlar soni
303 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 21:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.2 KB
Ko'rishlar soni
303 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 21:57 ]
Arxiv ichida: doc