Ilk o'rta asrlarda Yaponiya

Ilk o'rta asrlarda Yaponiya

O'quvchilarga / Tarix
Ilk o'rta asrlarda Yaponiya - rasmi

Material tavsifi

Ilk o'rta asrlarda Yaponiya. Reja: V-VII asrlarda Yaponiya. Agrar munosabatlar. Ijtimoiy va davlat tuzumi. Regentlar va kantslerlar boshqaruvi. Madaniyat. V-VII asrlarda Yaponiya. Yaponiyaning eng qadimiy aholisi hozirgi aynlarning ajdodi Ebisu hisoblanadi. Era boshlarida ular Xonsyu orolining shimoli sharqida yashaganlar. Ularning etnik kelib chiqishi uzil-kesil aniqlanmagan bazi tadqiqotchilar fikriga ko'ra ular Malayya, Xindixitoy va Indoneziya bilan bog'liq. Yapon orllariga bir necha bor Koreyslar, Xanlar, turli manjur tungus qabilalari kirib kelib Ebisularni shimolga surib chiqarganlar. Aralashuv jarayoni yuz bergan. qabilalar ichida eng kuchlisi Yamato II asri oxirida IV asr o'rtalarida qo'shnilarini bo'ysundirib Xonsyu oroli markaziy qismida Yamato qabilalar ittifoqini tuzdi. (Bu so'zdan dastlabki mamlakat kelib chiqqan. hozirgi Nixon (Kun chiqar mamlakat) nomi VII asrda paydo bo'lgan Yaponiya nomi XII asrda Xitoyga sayohat klgan Marxo Polo bilan bog'liq.) Yaponlar ajdodlari dehqonchilik uchun qulay joylarga o'rnashganlar. II-VI asrlarda asosan qishloq xo'jalik mahsuloti sholi edi. Sugorish kanallari kurilgan Kabila dorxiylari bu ishlarga majburiyat sifatida barchani jalb etganlar. V asrdan pillachilik rivojlana boshlagan II asrdan ko'chib kela boshlagan Xitoy va Koreyslar moxir hunarmandlar hisoblangan. V asrda Xitoyning g'arbiy rayonlari ko'chmanchilar xujumiga duchor bo'lgach Koreys-Xitoy imigratsiyasi odatiy xolga aylangan, Kuchib kelganlar aholining be deb atalgan qismi tarkibiga kirgan. Be tarkibiga maglub etilgan jamoa boshliklari avlodi, ruxoniylar, ma'lumotlilar, qo'riqchilar xam kiradi. (jinoyat uchun qulga aylantirilgan jamoa a'zolari, Xitoyga o'qish va yoza biladiganlar, dastlabki chinovniklar xam) Be kategoriyasi keyinrok tabaqalasha boshlagan Uch asosiy qismi qadimgi Rim kolonlari ahvoliga tushgan. Ular yer va hunarga biriktirilgan (podsho yoki feodal mulkida) ularni sotib o'ldirib bo'lmasdi. Fakat uy xo'jaligidagi qul mehnatidan foydalanilgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.36 KB
Ko'rishlar soni 421 marta
Ko'chirishlar soni 60 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.36 KB
Ko'rishlar soni 421 marta
Ko'chirishlar soni 60 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga