Insoniyatning dastlabki ajdodlari, Paleolit davri

Insoniyatning dastlabki ajdodlari, Paleolit davri

O'quvchilarga / Tarix
Insoniyatning dastlabki ajdodlari, Paleolit davri - rasmi

Material tavsifi

Insoniyatning dastlabki ajdodlari. Paleolit davri Insoniyatning kelib chiqishi va rivojlanishi bir necha asrlar davomida tadqiqotchilar tomonidan o'rganilib turli nazariyalar yuzaga kelgan. Chunki antropogenez eng qadimgi davr tarixini o'rganishdagi muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi. Turli mamlakatlarda turli davrlarda yashagan mutafakkirlar insoniyatning paydo bo'lishi haqida ilmiy ta'rifga yaqin fikrlarni bayon etganlar. Xitoy, yunon faylasuflari mil. avv. VI-V asrlardayoq odamning kelib chiqishi tamomila tabiiy hodisa deb ta'riflashga uringanlar. Ko'pchilik tadqiqotchilar insonni mehnat va aqliy jihatdan kamol topishi natijasida hozirgi darajasiga yetib kelgan, degan fikrni ilgari surishlariga qaramay odamni xudo yaratganligi, yoki boshqa koinotdan kelib yerga tarqalganligi haqidagi nazariyalar ham bor. Ingliz olimlari ota-bola Likilar o'tgan asrning 50-60-yillarida Sharqiy Afrikada (Olduvoy darasida) qazishma ishlari olib borib oddiy tosh qurollar va qazilma odam qoldiqlarini topib, ular bundan 3-3,5mln. yil ilgari mavjud bo'lgan degan g'oyani ilgari surdilar. Bu turdagi odamlar fanda Zinjantrop (Ishbilarmon odamlar yoki Gomohabilis) va Avstralopitek (Janub maymuni) deb nom olgan. Zinjantroplardan keyingi davrda yashagan qazilma odamlar qoldiqlari Indoneziyadagi Yava orolidan XIX asrning oxirlarida topilgan bo'lib, fanda ularni Pitekantrop (Maymun- odam) deb atash rasm bo'lgan. Pitekantroplar bundan taxminan 1 mln.-700-600 ming yil ilgari (E.Dyubua) yashaganlari aniqlangan. Shuningdek, 1927 yilda Xitoy hududlaridan topilgan (D.Blek) qadimgi odam qoldiqlari (Sinantrop - Xitoy odami) bundan 600-500 ming yil ilgarigi davrga oidligi aniqlangan. Undan tashqari eng qadimgi qazilma odam qoldiqlari Germaniyaning Geydelberg, Vengriyaning Budapesht shahri yaqinidan ham topilgan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda zinjantrop, pitekantrop, sinatroplar eng qadimgi odamlar shakllanib rivojlanishining turli tarixiy bosqichlaridir. Bu turdagi qadimgi odamlar gavdalarini tik tutib yurganlar va toshdan turli mehnat qurollarini yasab, ulardan foydalana bilganlar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.24 KB
Ko'rishlar soni 399 marta
Ko'chirishlar soni 101 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 21:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.24 KB
Ko'rishlar soni 399 marta
Ko'chirishlar soni 101 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga